Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbek so‘mi 1994-yilning 1-iyul kuni muomalaga kiritilgan. O‘sha yili 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik banknotalar va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar chiqarilgan. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ammo u pul mablag‘lari vaqt o‘tgani sari muomaladan chiqdi. Oxirgi 10 yilda faol muomalada bo‘lib kelayotgan 5 000 so‘mlik banknota 2013-yilda, 10 000 va 50 000 so‘mlik kupyuralar 2017-yilda, 100 000 so‘mlik esa 2019-yilda muomalaga chiqarilgan.

Markaziy bank 1994-yildan beri valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgilab keladi.

So‘m joriy etilganidan beri o‘tgan 30 yillik davrda xorijiy valyutalarga nisbatan qiymati turlicha bo‘lgan. Xususan, aylanmasi jihatdan eng yirik hisoblangan AQSH dollari bilan ham qiymatlar doimiy o‘zgarib turadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Quyida Markaziy bank eʼlon qilgan statistik raqamlar asosida dollarning 1994–2023-yillardagi so‘mga nisbatan kursi o‘zgarishlari haqida maʼlumot beramiz.

Eslatib o‘tamiz, raqamlar har bir yilning 29-dekabr sanasiga muvofiq olindi.

Bundan 30-yil ilgari — 1994-yilda bir AQSH dollarining qiymati 25 so‘mni tashkil etgan. O‘sha paytda 25 so‘m eng yuqori qiymatdagi uchta so‘m kupyurasidan biri bo‘lgan.

Oradan 10-yil o‘tib, bir dollarning so‘mdagi kursi 1 058 so‘mga yetgan. 2014-yilda esa mazkur qiymat 2 418 so‘mga o‘sgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Dollarning so‘mga nisbatan qiymatidagi keskin o‘sish 2017-yilda— O‘zbekistonda valyuta bozori erkinlashtirilgan davrga to‘g‘ri keladi. Prezident farmoniga muvofiq, 2017-yilning sentyabr oyidan yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valyutasini tijorat banklari orqali cheklovsiz sotish va sotib olish imkoni berilgandi. O‘sha yilning 29-dekabr kuni bir AQSH dollarining qiymati 8 120 so‘mni tashkil etgan.

Undan keyingi yillarda ham dollar kursi o‘sishda davom etmoqda. Masalan, 2018-yilning 29-dekabr kuni 1 dollar 8 339 so‘mni, 2019-yilda 9 517 so‘mni, 2020-yilda 10 476 so‘mni, 2021-yilda 10 810 so‘mni, 2022-yilda 11 195 so‘mni tashkil etdi.

Yaqinda nihoyasiga yetgan 2023-yilda dollarning so‘mga nisbatan almashuv kursi 12 338 so‘mga yetdi. Bu avvalgi yillarga qaraganda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »