Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2018-yildan hozirgacha AQSH dollarining o‘zbek so‘miga nisbatan qiymati sezilarli o‘zgardi. “Daryo” Markaziy bank maʼlumotlari asosida o‘tgan besh yil davomida kurs o‘zgarishlarini tahlil qildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 2023-yil 15-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, bir dollarning so‘m bilan almashuv kursi 12 290 so‘mni tashkil etadi. Bugun (15-noyabr) banklar dollarni o‘rtacha 12 340 so‘mdan sotmoqda. Xo‘sh, bundan besh yil ilgari mamlakatda dollar qiymati qancha bo‘lgandi?

Markaziy bank eʼlon qilgan valyuta kurslariga qaraganda, 2018-yil 20-noyabrda bir dollarning almashuv kursi 8 277 so‘m bo‘lgan.

Oradan bir yil o‘tib, 2019-yil 19-noyabrda bu qiymat 9 500 so‘mga yetgan. Yaʼni bir yil davomida so‘mning dollarga nisbatan almashuv qiymati deyarli 15 foizga (1 223 so‘m) qadrsizlangan.

Mamlakatda 2020-yil 17-noyabr kuni bir dollarning so‘mga nisbatan almashuv kursi 10 390 so‘m bo‘lgan.

2021-yil 16-noyabrda esa bu raqam 10 721 so‘mga yetgan.

O‘tgan 2022-yilning 16-noyabr kuni esa dollar qiymati 11 170 so‘mga teng ekani maʼlum qilingan.

Tahlillarga ko‘ra, o‘zbek so‘mi xorijiy valyutalarga nisbatan yiliga 6–7 foizga qadrsizlanmoqda.

“To‘rt yildan ortiq vaqt davomida milliy valyutamiz o‘rtacha 6–7 foizga qadrsizlanyapti. Asosiy savdo hamkorlarimizga qaraydigan bo‘lsak, so‘mimiz o‘tgan 6 oy davomida dollarga nisbatan 3,2 foizga qadrsizlandi”, — deya maʼlum qilgan Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov shu yilning iyul oyida jurnalistlar bilan muloqotda.

Ammo so‘m 11-avgustda, bir kun ichida yarim yillik ko‘rsatkichdan ko‘proq — 3,5 foizga qadrsizlandi. Yaʼni 10-avgustdagi 11 667 so‘mlik kurs 11-avgustda 12 075 so‘mga ko‘tarildi.

Markaziy bank mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berib, kursning keskin ko‘tarilishi so‘mning real almashuv kursidagi mustahkamlanish ekanini maʼlum qildi.

“Asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi. Bu, o‘z navbatida eksport va pul o‘tkazmalari tushumlari kanallari orqali mamlakatimizga valyuta tushumlariga va ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy taʼsir ko‘rsatdi. Natijada ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi surʼatining biroz tezlashishi – fundamental omillar taʼsirida to‘g‘rilanishi kuzatildi”, — deya qayd etgan regulyator.

Made byMade with Flourish

Shu bilan birga, bayonotda Markaziy bank kelgusida almashuv kursining keskin qadrsizlanishining oldini olish bo‘yicha yetarli instrumentlarga ega ekani, zarur hollarda qo‘shimcha intervensiyalar amalga oshirish orqali tebranishlar yumshatib borilishi taʼkidlangan.

Prognozlarga qaraganda, real samarali almashuv kursi yil oxirigacha va o‘rta muddatli istiqbolda nisbatan barqaror bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni bilan 2017-yil 5-sentabrdan O‘zbekiston banklarida aholi va tadbirkorlar uchun chet el valyutasi erkin va cheklanmagan miqdorda sotila boshlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »