Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbek so‘mi yiliga 6–7 foizga qadrsizlanmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 27-iyul kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Mamarizo Nurmurodov “Daryo” muxbirining so‘m 2023-yil boshidan beri qancha qadrsizlangani, uning qudratini oshirish nimalarga bog‘liqligi haqidagi savoliga javob berdi. Markaziy bank raisining aytishicha, valyuta qadrsizlanishi haqidagi qarashlar nisbiy hisoblanadi.

“So‘mning qadri nima bilan o‘lchanadi? Buni tashqi savdo bilan shug‘ullanayotganlar valyuta kursi bilan, kundalik hayotda esa inflyatsiya darajasi va narx-navo bilan o‘lchashadi. Asosiy savdo hamkorlarimizga qaraydigan bo‘lsak, so‘mimiz o‘tgan 6 oy davomida dollarga nisbatan 3,2 foizga qadrsizlandi. Turkiya, Rossiya, Xitoydagi vaziyatga qarasak, hammasi nisbiy. Ularning milliy puli qadrli, bizniki qadrsiz deb baholash – noto‘g‘ri taqqoslash bo‘ladi”, — dedi tashkilot rahbari.
Mamarizo Nurmurodov
Foto: “Daryo” 

Mamarizo Nurmurodov so‘m qadrining oshishi nimalarga bog‘liqligi to‘g‘risida ham fikr bildirdi.

“Nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda milliy pulning qadrini iqtisodiyot belgilaydi. Yaʼni iqtisodiyotning barqaror o‘sishi, uni tashqi iqtisodiy faoliyatda inklyuziv rivojlanishi bu milliy pulning qadrini belgilaydigan eng asosiy ko‘rsatkichdir. O‘zbekistonda 2017-yildan, yaʼni valyuta bozori erkinlashtirilganidan beri bugungi kungacha bo‘lgan valyuta kursining o‘zgarishini tahlil qilsak, ko‘plab davlatlardagi valyuta qadrsizlanishidan bizdagisi ancha past. Shu nuqtayi nazardan 4 yildan ortiq vaqt davomida milliy valyutamiz o‘rtacha 6–7 foizga qadrsizlanyapti. Bu degani inflyatsiya 10 foizdan yuqori bo‘layotgan sharoitda valyuta qadrsizlanib ketyapti, deyishga hech qanday asos yo‘q. Iqtisodiy o‘sishlar ham shu kursning mevasi. Bir dollar 11 500 so‘m bo‘lgani uchun o‘zbek so‘mi kuchsiz valyuta deyishga hech qanday asos yo‘q”, — dedi u.

Markaziy bank raisining o‘rinbosari Behzod Hamrayevning qo‘shimcha qilishicha, so‘ngi 4 yilda o‘zbek so‘mining qadri oshgan va boshqa valyutalarga nisbatan barqaror.

Behzod Hamrayev
Foto: “Daryo” 
“Bir dollarga “A” davlatning valyutasidan 10 ta berarkan, “B” davlatnikidan 20 ta berarkan, shuning uchun “A” davlatning valyutasi “B” nikidan kuchli deb aytish juda ham yuzaki qarash bo‘ladi. Yaqinda bir jurnalda so‘mni zaif valyutalar 10 taligiga kiritilgan. Lekin zaif bo‘lmagan deb ko‘rsatilgan valyutalarni denominatsiya qilib qo‘yilishi ham mumkinku. Uni mingga yoki 10 minga bo‘lish mumkin. Masalan, Turkiyaning lirasi yil boshidan beri 39 foiz devalvatsiya bo‘lgan. Mamlakat 2006-yilda lirani 100 mingga denominatsiya qildi. Hozir kursi dollarga nisbatan 25-26 bo‘lib turishi mumkin, lekin agar 100 mingga bo‘lmaganda, hozir 26 yoki 260 ming ming bo‘lishi mumkin edi. Bunday qaramaslik kerak. O‘zbekiston so‘mining kursi investorlar uchun ham juda maʼqul. 2019-yildan buyog‘iga qaralsa, hozirda so‘mni qadri o‘zimizning savdo hamkorlari inflyatsiyasi bilan taqqoslaganda 10,6 darajaga yetgan. Aksincha, so‘mni qadri oshib ketgan hozirgi paytda”, — dedi rais o‘rinbosari.

Avvalroq Markaziy bankning O‘zbekistonda joriy va kutilayotgan makroiqtisodiy sharoitlar, pul-kredit sohasidagi vaziyat to‘g‘risida batafsil axboroti eʼlon qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »