Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston budjetidan 2024-yilda yarim million talabaga taʼlim kreditlari ajratish rejalashtirilmoqda. Hozirda talabalar soni bir million nafardan ortiq.

O‘zbekistonda 2024-yil uchun tasdiqlangan davlat budjetida taʼlim kreditini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdorini oshirish belgilangan.

Budjet qonunida 2021 – 2023-yillarda jami 315 ming talabaga (shundan 219 ming talaba xotin-qizlar) taʼlim kreditlari uchun 3,3 trillion so‘m resurs mablag‘lari ajratilgan.

Joriy yilda qo‘shimcha 180 ming nafar talabalarga taʼlim kreditlarini ajratish uchun mablag‘lar rejalashtirilib, ushbu dastur bilan qamrab olinadigan talabalar soni qariyb 500 mingga yetishi kutilmoqda. Bu maqsadlar uchun 2024-yilda jami 2,2 trillion so‘m ajratiladi. Shundan 1,8 trillion so‘mi taʼlim kreditlarini moliyalashtirishga, 400 milliard so‘mi xotin-qizlarga ajratilgan kreditlar foiz qismini qoplashga yo‘naltiriladi.

Stipendiyalar uchun esa yil yakunigacha 1,9 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga, bu yil davlat budjetidan talabalar turar joyini barpo etish subsidiyalariga 250 milliard so‘m, magistraturada o‘qiyotgan xotin–qizlarning kontrakt to‘lovlari subsidiyalariga 200 milliard so‘m, talabalar oylik ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 200 milliard so‘m sarflanadi.

Davlat OTMlari soni 2023-yilda 132 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda yana 8 ta OTM ochilishi belgilangan. O‘tgan yili talabalar soni 1 million 15 ming 400 nafarga yetgandi. Joriy yil ularning umumiy soni 1 million 67 ming 700 nafar bo‘lishi kutilmoqda. Shundan davlat grant asosida o‘qiydigan talabalar 204 ming 500 kishini, to‘lov kontraktda tahsil oladiganlari 863 ming 100 kishi. 

Bu yil OTMlarini saqlash xarajatlariga 18,5 trillion so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan. Shundan 6 trillion so‘mi budjetdan, 12,5 trillion so‘mi to‘lov kontraktlar hisobidan to‘lanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »