Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun 25-dekabr kuni prezident tomonidan imzolangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Hujjat bilan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari belgilangan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bunda budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 255,44 trillion so‘mni tashkil etadi. Mablag‘lar joriy xarajatlar (180,15 trillion so‘m), rivojlanish dasturlari (33,2 trillion so‘m), obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar (10,82 trillion so‘m) va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi.

Skrinshot: “Spot.uz”

Bundan tashqari, hujjatda sohalar bo‘yicha xarajatlarni qoplashga ajratiladigan mablag‘lar miqdori ham keltirilgan. Masalan, kelasi yilda OTMlarning magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplashga 200 milliard so‘m ajratiladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilishga taqdim etiladigan mablag‘lar 100 milliard so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, tashabbusli budjetlashtirish tadbirlari doirasida 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishga 26,6 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »