Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yanvar–iyun oylarida respublika budjeti xarajatlari 2022-yilning yarim yilligiga nisbatan 25 foizga o‘sgan. Xarajatlarning teng yarmi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig‘ilishida maʼlum qilindi.

Jamshid Qo‘chqorov
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Majlisda iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2023-yilning dastlabki 6 oyi davomida bajarilgan budjet ijrosi bo‘yicha hisobot berdi.

“Birinchi yarim yillikda davlat budjeti daromadlari 100 trillion so‘mni tashkil etdi. Shundan 76 trillion so‘mi soliq, 24 trillion so‘mi bojxona tushumlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Davlat budjeti xarajatlari esa jami 129 trillion so‘mdan oshdi. Shundan ijtimoiy sohalarga 65 trillion so‘m yo‘naltirildi”, — dedi vazir.

O‘tgan 2022-yilning dastlabki 6 oyida davlat budjeti daromadlari 92,6 trillion so‘mni tashkil etgandi. Bunda soliq tushumlari 71 trillion so‘m yoki davlat budjeti daromadlari umumiy hajmining 76,7 foiziga teng bo‘lgan. Bojxona tushumlari 21,5 trillion so‘mni yoki davlat budjeti daromadlari umumiy hajmining 23,2 foizini tashkil etgan. Umumiy hisobda budjet daromadlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,4 trillion so‘mga o‘sgan.

Joriy yilning dastlabki 6 oyi ichida budjet xarajatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  yuqori sur’atda — 25 foizga o‘sdi. Taqqoslash uchun, 2022-yilning dastlabki 6 oyida jami budjet xarajatlari 103 trillion so‘mni tashkil etgan.

Majlisda deputat Durbek Ahmedov: “budjet xarajatlarining o‘tgan yilning yarmiga nisbatan 25 foizga oshgani bu juda ham katta hajm. Xarajatlarning qariyb yarmi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan”, deya taʼkidladi.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Mamlakatda 2022-yildagi budjet taqchilligi sezilarli ortib, YIMga nisbatan 4 foizga yetgandi. Sobiq moliya vaziri Timur Ishmetov Samarqandda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forumda O‘zbekiston iqtisodiyoti juda qiyin bosqichda ekani, budjet xarajatlarini kamaytirish zarurligini, moliyaviy taqchillikni 3 foizda ushlab qolish uchun juda ko‘p bosim kuzatilayotganini aytgandi.  

Timur Ishmetov
Foto: Senat

Shuningdek, Ishmetov Senatdagi chiqishlaridan birida davlat budjetini rejalashtirishda intizom yo‘qligi va budjet pullarini eng muhim ishlarga sarflash zarurligini taʼkidlagan.

Birinchi navbatda, eng muhim masalalarga pul ajratishni va budjet mablag‘larini to‘g‘ri sarflashni o‘rganishimiz zarur. Davlat budjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishi doimiy muammo. Avvalo, bu masala vazirliklarda ishni tashkil etish bilan bog‘liq.
Ikkinchi tomondan, xatomiz va kamchiligimiz budjet mablag‘larini rejalashtirganda intizomni shakllantirish qiyin bo‘lmoqda. Bu muammoni birlashib hal qilish zarur. Budjetni shakllantirish grafigi bor. Masalan, 2023-yilning davlat budjetini shakllantirishda hech kimdan o‘z vaqtida, sifatli maʼlumot ololmayapmiz. Raqamlar qayta-qayta ko‘rib chiqilaveradi. Vazirliklar yangi loyihalar vaqtini surish, ularni hukumatga chiqarish, qaror qabul qilishni aytadi, “shu topshiriqni bajarish kerak”, deydi. Moliya vaziri sifatida “yo‘q, bunga pul berish kerak emas”, deya ayta olmaymiz, — degan u.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori Sherzod Muhamedov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda davlat budjeti taqchillik bilan ijro etilayotganiga izoh bergandi.

Sherzod Muhamedov
Foto: “Daryo”
So‘nggi yillarda davlat budjeti taqchillik bilan ijro etilmoqda. Bu bo‘yicha fuqarolarda turli eʼtirozlar va tushunmovchiliklar yuzaga kelishini ko‘rish mumkin. Lekin bunday holat ko‘plab rivojlanayotgan davlatlar tajribasida ham ko‘rinmoqda. Xalqaro ekspertlar bilan mazkur masalani ko‘p muhokama qilganmiz. Budjet taqchilligi rivojlanayotgan davlatlar rivojlanishlari uchun tabiiy holat deb baholanadi, — degan vazirlik vakili.

Sherzod Muhamedov suhbat davomida 2023-yildan boshlab davlat budjeti taqchilligi YIMning 3 foizidan oshmasligi bo‘yicha chegara o‘rnatilgani, joriy yilgi budjet xarajatlari kamaytirilishi bo‘yicha aniq rejalar yo‘qligini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »