Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Senatining 48-yalpi majlisida “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Majlisda ta’kidlanishicha, davlat budjeti daromadlari 270,4 trillion so‘mni, xarajatlari esa Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olgan holda 312,9 trillion so‘mni tashkil etdi.

Bunda soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan bo‘lib, unga ko‘ra asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlari (budjetlararo transfertlar hisobga olinmagan holda) tegishincha 55,2 trillion so‘m va 85,8 trillion so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda.

Keyingi yilda ham budjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligi saqlab qolinib, taʼlim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, fan, madaniyat va sportni rivojlantirish, muhtoj aholini uy-joy bilan taʼminlash va boshqa ijtimoiy tadbirlar uchun jami davlat budjeti xarajatlarining qariyb 50 foizi yoki 151,5 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Qonunda asosan “O‘zbekiston-2030” strategiyasi va barqaror rivojlanish milliy maqsadlarida nazarda tutilgan ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarga erishish inobatga olingan.

Muhokamalar jarayonida senatorlar budjet daromadlarini oshirishga alohida eʼtibor qaratdi. Yashirin iqtisodiy faoliyatni qisqartirish, budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, ajratilgan mablag‘lar natijadorligini taʼminlash yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Qayd etilganidek, mahalliy va importga belgilangan aksiz solig‘i stavkalarini tenglashtirish maqsadida alkogol va tamaki mahsulotlari importi uchun stavka 5 foizga pasaytirilib, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktoshning 1 tonnasi uchun 2 baravarga pasaytirilmoqda.

Shuningdek, senatorlar qonunda budjet daromadlar bazasini kengaytirish, soliq siyosatini belgilashda sog‘lom turmush tarzini yaxshilash va tabiatni asrashni rag‘batlantirishga eʼtibor qaratilganligiga alohida to‘xtaldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »