Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning 2023-yil yakunlari bo‘yicha iqtisodiy o‘sishi 5,6 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Oliy majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishidagi chiqishida maʼlum qildi.

Jamshid Qo‘chqorov 
Foto: Oliy majlis Qonunchilik palatasi

Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, bu yil jahon iqtisodiyoti o‘sishi qator omillar taʼsirida sezilarli sekinlashmoqda.

“Dunyodagi iqtisodiy vaziyat bilan bog‘liq murakkabliklarning saqlanib qolayotgani, xususan, geosiyosiy ziddiyatlarning kuchayib borishi, yirik mamlakatlar Markaziy banklarining foiz stavkalari yuqoriligi sharoitida 2023-yilda jahon iqtisodiyotining o‘sishi o‘tgan yilga nisbatan 0,5 foiz bandga sekinlashib, 3 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Shunga qaramasdan mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirishga yo‘naltirilgan tarkibiy islohotlar — tarmoqlar, sohalar, kichik bines va hududlarni rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilayotgani, o‘zaro muvofiqlashgan pul–kredit siyosatining olib borilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga tashqi xatalarlarning salbiy oqibatlarini yumshatish imkonini bermoqda. Buning natijasida joriy yilda iqtisodiy o‘sish surʼati 5,6 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda. Bunda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 5,7 foiz, qurilish 6 foiz, qishloq xo‘jaligi 3,7 foiz, bozor xizmatlari 13 foizga oshadi”,—dedi vazir.

Bosh vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, joriy yilning o‘tgan davridagi davlat budjeti daromadlari 2022-yildagi ko‘rsatkichlargi qaraganda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,7 foiz bandiga pasayib, 233 trillion so‘mni (YIMning 22 foiz) tashkil etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »