Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2024-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi. Bu haqda 1-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov maʼlum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ahadbek Haydarovning taʼkidlashicha, “Yangi O‘zbekiston 2030” strategiyasiga muvofiq, 2024-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi. Xususan:

  • foyda solig‘ining bazaviy stavkasi 15 foiz;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 12 foiz;
  • ijtimoiy soliq 12 foiz;
  • qo‘shilgan qiymat solig‘i 12 foiz;
  • aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi 4 foiz;
  • yuridik shaxslarning mol-mulkiga solingan soliq stavkasi 1,5 foiz miqdorida saqlab qolinadi.
“Yer qaridan foydalanganlik uchun sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh bo‘yicha belgilangan stavka ikki baravar, yaʼni soliq stavkasini xomashyoning bir tonnasi uchun 22 ming 500 so‘mdan 11 ming 200 so‘mgacha pasaytirish ko‘zda tutilmoqda”, — dedi vazir o‘rinbosari.
Ahadbek Haydarov
Foto: “Daryo”

2024-yil 1-apreldan tarkibida shakar mavjud bo‘lgan gazlangan ichimliklarning 1 litri uchun 500 so‘m miqdorida aksiz solig‘i solish taklif qilinmoqda. Ushbu aksiz solig‘idan tushgan mablag‘lar to‘liqligicha Tibbiyotni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

“2024-yil 1-iyuldan boshlab avtomobil shinalarining 1 donasi vaznidan kelib chiqib, BHMning 0,3 foiz miqdorida utilizatsiya yig‘imini joriy etish taklif qilinmoqda. Jumladan, yengil avtomobilning bitta shinasiga 6 ming so‘mdan 16 ming so‘mgacha, yuk avtomobili shinasiga 11 ming so‘mdan 58 so‘mgacha soliq solinadi”,—dedi Ahadbek Haydarov.

2024-yil 1-noyabrdan sigaretalar va boshqa tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish uchun aksiz solig‘i 12 foiz miqdorida indeksatsiya qilinadi. Sigaretalar importiga aksiz solig‘i stavkalarini 5 foizga pasaytirish taklif qilinmoqda. Bunda Jahon savdo tashkiloti talablarida aksiz solig‘i stavkalari mahalliy va import qilinadigan mahsulotlar uchun bir xil bo‘lishi lozimligi inobatga olinyapti.

“2024-yil 1-apreldan boshlab neft mahsulotlari uchun amaldagi aksiz soliq stavkalari 12 foiz indeksatsiya qilish ko‘zda tutilmoqda. Ai-91 va undan yuqori oktanli benzinlarga aksiz soliq stavkalari o‘zgartirilmaydi”,—dedi vazir o‘rinbosari.

Ahadbek Haydarov nutqi davomida 2024-yil 1-aprelidan O‘zbekiston hududida xizmat ko‘rsatadigan xorijlik jismoniy shaxslarni QQSga tortish taklif qilinayotganiga to‘xtaldi.

“Mahalliy yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat ko‘rsatganda QQS to‘lamoqda. Lekin huddi shu xizmatlarni chet ellik tadbirkorlar ko‘rsatsa, ular QQSga tortilmasdan qolmoqda. Yangi tartibning joriy etilishi natijasida mahalliy va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir xil sharoit yaratish imkoniyati yaratiladi”,—dedi vazirlik masʼuli.
Foto: AOKA

Shuningdek, kelasi yilning 1-yanvaridan boshlab aylanmadan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan summadagi stavkasini soliq to‘lovchining tovar aylanmasi 500 million so‘mgacha bo‘lganda 25 million so‘m, undan yuqori bo‘lganda 34 million so‘m etib belgilash taklif qilinmoqda.

“Amaldagi qonunchilikka muvofiq, qatʼiy belgilangan stavkalarda soliq to‘laydiganlar soliq idoralariga hisobot topshirishda soliq tekshiruvlaridan dividend to‘lashda ushlab qolinadigan 5 foizli soliqdan ozod qilinadi. Bunda tadbirkorlarda o‘ziga qulay va afzalligiga qarab, taklif etilayotgan qatʼiy yoki aylanmadan 4 foiz soliq to‘lashni tanlash huquqi saqlab qolinadi”,—dedi Ahadbek Haydarov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »