Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimi soddalashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”dagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 2022-yilning noyabr oyida Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilingan. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi qarori esa normativ-huquqiy hujjatlarni farmondagi yangiliklar bilan muvofiqlashtirgan.

Hujjatga muvofiq endi tadbirkorlar uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kirgan soddalashtirilgan tartib tegishli qarorlarda ham aks ettirilgan:

  • O‘zbekistonda chakana savdo qoidalarining 119-bandidan yangi import avtomobillarning faqat yuridik shaxslar — ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan sotilishiga yo‘l qo‘ygan norma chiqarib tashlandi. Endi mazkur faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlari soni oshadi;
  • 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son hukumat qarori 3-bandidan elektr energiyasini elektr ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha iste’mol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni taqiqlovchi norma chiqarib tashlandi;
  • tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asoslar keltirib o‘tilgan 40-bandidan “ustav fondining miqdori kamaytirilganda korxona kreditorlari belgilangan tartibda xabardor qilinmaganligi” asosi chiqarib tashlandi. 1-yanvardan boshlab prezident farmoni bilan ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va OAVda bu haqda e’lon berish talabi bekor qilindi.

Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom to‘rtta yangi band bilan to‘ldirildi: 121-1, 121-2, 241-1 va 241-2. Ularda 2023-yil - martdan boshlab kuchga kirgan norma yozilgan. Tadbirkorlik subyekti soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari ustidan shikoyat qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga murojaat qilishi mumkin (yuqori turuvchi soliq organini chetlab o‘tgan holda).

Avgust boshlarida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tadbirkorlar yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisobot topshirmasligi belgilangandi. Iyul oyida esa O‘zbekiston hukumati qarori bilan “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferentsiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilingandi.

Nizomga ko‘ra, Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »