Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvardan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) 15 foizdan 12 foizga pasaytirilmoqda. Buning oqibatida davlat budjetiga qariyb 14 trillion so‘m mablag‘ tushmay qoladi. Davlat soliq qo‘mitasi mazkur mablag‘lar o‘rnini qanday qoplamoqchi? Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ushbu savolga javob qaytardi

“QQS 2023-yilda 2022-yildagidan ko‘proq yig‘iladi”
Qo‘shilgan qiymat solig‘i dastlab 20 foiz edi. 2019-yilda yangi “Soliq kodeksi” qabul qilingach, QQS 15 foizga tushirildi. 2023-yilning 1-yanvaridan esa 12 foizgacha tushirilmoqda. Bu 14 trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar korxona, tashkilotlar va aholi qo‘lida qolishiga imkon yaratadi. Mazkur o‘zgarish budjet yo‘qotishlarini oldini olish uchun juda ko‘p mehnat qilishimiz va uning o‘rnini qoplaydigan tizim yaratishimizni taqozo etadi.
Soliq ma’murchiligini takomillashtirish orqali yo‘qotishlar qoplanadi. Buning uchun birinchi navbatda ayrim soliq imtiyozlarini bekor qilish ko‘zda tutilmoqda.
Ikkinchidan, xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Bu oson bo‘lmaydi. Agar bilim va intellekt bilan ishlansa, o‘rnini qoplasa bo‘ladi.
Biz 2023-yilda QQS tushumlarini 2022-yilga nisbatan ko‘proq yig‘ishni reja qilganmiz. Bu faqat raqamlashtirish orqaligina bo‘ladi.
2020-yilda pandemiya bo‘lishiga qaramay elektron hisob-fakturalarni majburiy kiritdik. Hozir to‘liq barcha hisob-fakturalar elektron taqdim etiladi. Shuning o‘zi iqtisodiyotni raqamlashtirish va korxonalarni to‘g‘ri hamda qonuniy ishlashiga dastlabki qadam bo‘ldi.
2023-yilda elektron yuk xatlari va transportda tashiluvchi hujjatlarni ham elektronlashtirmoqchimiz. Buning natijasida QQS bo‘yicha 2 trillion so‘m, foyda solig‘i bo‘yicha 2 trillion so‘m va umuman olganda, 6,5 trillion so‘mga yaqin qo‘shimcha mablag‘lar soliq ma’murchiligini takomillashtirish orqali undirish choralari ko‘riladi. Albatta, bu rejalar amalga oshsa, davlat budjeti tushumlari barqaror bo‘ladi.

“Norasmiy ishlovchilar faoliyati legallashtiriladi”
Ishchi o‘rinlarini legallashtirish bizda 2023-yil uchun belgilab olingan muhim yo‘nalishlardan biri. Aholiga yangi ish o‘rinlarini yaratib, ularga munosib daromad olishini ta’minlashimiz lozim.
Barcha ish o‘rinlarini soliq organlariga hisobga qo‘yish, shartnoma asosida ishlaydiganlarni ro‘yxatga olib, ularni to‘laqonli qonuniy ishlashini ta’minlashni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.
Ishlaydigan xodimlarini soliq organlarida hisobga qo‘yishi va hisobini yuritish bo‘yicha tadbirkorlar bilan hamkorlik qilamiz. Ularni rag‘batlantirish mexanizmlarini ham o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Tadbirkorlar o‘zlarida ishlaydigan xodimlarni to‘laqonli legal ishlaydigan tizimni yaratamiz.
Hozir 14 million nafardan ortiq O‘zbekiston aholisi mehnatga layoqatli hisoblanadi. Shundan ish haqi va daromad oladiganlari yetti million, migrantlar uch milliondan ortiqni tashkil etadi. Biz qolgan 4 million kishi faoliyatini legallashtirishimiz kerak. Ularni pensiya yoshiga yetganda pensiya olishlarini, tibbiyot va boshqa xizmatlardan to‘laqonli foydalanishlari uchun soliq organlaridan soliq to‘lovchi hisobida ro‘yxatdan o‘tkazishimiz lozim.
Albatta, barcha ishchi-xodimlar faoliyatini bir kunda legallashtirib bo‘lmaydi. Masalani tadbirkorlarga tushuntirib, ularning iqtisodiy savodxonligini oshirish orqali bosqichma-bosqich legallashtirsa bo‘ladi. Buning uchun jamoatchilik nazorati ham juda kuchli bo‘lishi kerak. Odamlar ishladimi mehnatiga yarasha ish haqi olishi zarur. Qonuniy ishlashga shart-sharoit yaratib, ularning imkoniyatini kengaytirish kerak.
Hozirda tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish ishlari ketmoqda. Bu ham xodimlarga legal ishlash imkonini yaratadi. Xodim legal ishlasa, kelgusida tibbiy sug‘urta xizmatidan bemalol foydalanishi mumkin. Mana shunga o‘xshash imkoniyatlar yaratsak, ular ham legal ishlashga harakat qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »