Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Soliq organlari tomonidan ayrim soliq hisobotlarini shakllantirish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish” haqidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjat bilan soliq organlarining ayrim soliq hisobotlarini shakllantirishi to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi. Bu Soliq kodeksining 81-moddasida nazarda tutilgan.

2024-yil 1-yanvardan soliq organlari tadbirkorlarning istagiga ko‘ra, yuridik shaxslarning qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), aylanma solig‘i, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisobotlarni shakllantirishi mumkin bo‘ladi.

Hujjatlar avtomatik tarzda tayyorlanadi. Hisobotlarni tayyorlash uchun ichki manbalar (soliq to‘lovchining soliq va moliyaviy hisobotlari, elektron hisob-fakturalar, onlayn nazorat-kassa mashinalari, onlayn cheklar va boshqalar) maʼlumotlari bilan bir qatorda tashqi manbalardan (boshqa davlat organlari tizimlari) ham foydalaniladi.

Hisobot soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida aks etadi. U yoki uning vakolatli vakili tuzilgan hisobotning to‘g‘riligi va to‘liqligini tasdiqlashi yoki hujjatni qayta rasmiylashtirib, soliq organlariga taqdim etishi kerak bo‘ladi.

2022-yilda bu amaliyot tajriba tariqasida Xorazm viloyatida sinab ko‘rilgan. Bundan tashqari, savdo kvitansiyalarini berishda texnik xatolarni tuzatish muddati belgilangan. Agar bunga qadar tuzatishni keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan kiritish mumkin bo‘lsa, 20-oktyabrdan boshlab hisobot davrining oxirigacha vaqt ajratiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar faqat sud tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »