Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning davlat budjeti taqchilligi joriy yil boshidan beri 5,8–6 foizga o‘sdi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori Sherzod Muhamedov maʼlum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Sherzod Muhamedovning aytishicha, defitsit ortishiga bir necha sabablar bor.

“Budjet taqchilligining bu qadar oshib ketishiga mahallalarda fuqarolarni qiynab kelgan iqtisodiy muammolar hal qilingani, kam taʼminlanganlarga qo‘shimcha pullar ajratilgani, pensiya va nafaqalarni belgilangan vaqtdan oldin oshirilgani taʼsir qildi. Yil yakunigacha budjet taqchilligini 5,5 foizdan oshirmaslik choralari ko‘rilmoqda”,—dedi vazirlik maʼsuli.

Maʼlumot uchun, 2022-yilda davlat budjeti defitsiti -35,2 trillion 229 milliard so‘mni tashkil etgan va yalpi ichki mahsulotning 4 foiziga yetgan. Taqchillikning o‘tgan yil boshida rejalashtirilgan (25,5 trillion so‘m yoki YAIMning 3 foizi) miqdorlardan oshishi asosan ijtimoiy soha, iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy va ishlab-chiqarish infratuzilmasiga investitsiya xarajatlarining oshishi bilan izohlangan.

“Budjet taqchilligini qoplash uchun quyidagi manbalar yo‘naltirilgan:

  • xalqaro moliya institutlarining qarz mablag‘lari va yevroobligatsiyalar chiqarish hisobidan — 16,7 trillion so‘m;
  • davlat dasturlari ijrosi uchun jalb qilingan qarz mablag‘lari — 5,7 trillion so‘m;
  • yil boshiga qoldiq mablag‘lari hisobidan — 1,9 trillion so‘m;
  • davlat aktivlarini xususiylashtirish hisobidan tushumlar – 45 trillion so‘m;
  • davlat g‘azna obligatsiyalarini chiqarish hisobidan – 6,4 trillion so‘m”, — deya maʼlum qilgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »