Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

So‘ngi yillarda O‘zbekiston davlat budjeti taqchillik bilan ijro etilmoqda. Masalan, 2022-yilda budjet defitsiti 4 foiz miqdoriga yetdi. Mazkur holat iqtisodchilar va jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti direktori Sherzod Muhamedov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda mazkur masalaga izoh berdi.

“Bu tabiiy hol”

So‘ngi yillarda davlat budjeti taqchillik bilan ijro etilmoqda. Bu bo‘yicha fuqarolarda turli eʼtirozlar va tushunmovchiliklar yuzaga kelishini ko‘rish mumkin. Lekin bunday holat ko‘plab rivojlanayotgan davlatlar tajribasida ham ko‘rinmoqda. Xalqaro ekspertlar bilan mazkur masalani ko‘p muhokama qilganmiz. Budjet taqchilligi rivojlanayotgan davlatlar rivojlanishlari uchun tabiiy holat deb baholanadi. Bu bo‘yicha xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan ham  ishlaganmiz.

Joriy yildan boshlab davlat budjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 3 foizidan oshmasligi kerak, degan chegara o‘rnatildi. Yaʼni O‘zbekistonning ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratish, davlat qarzini ham kelajakda belgilangan chegaradan o‘tmasligini inobatga olib budjet taqchilligi YIMning 3 foizidan oshirmaslik belgilandi.

Sherzod Muhamedov
Foto: “Daryo” 

Umuman olganda, budjet taqchilligini turlicha muhokama qilish mumkin. Biz bu taqchillikka yangi ish o‘rinlari, fuqarolarimizga yangi imkoniyatlar deb qarashimiz kerak. Davlat budjeti xarajatlarining asosiy tarkibini ko‘radigan bo‘lsak, uning 60 foizga yaqini bevosita ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bu mablag‘lar o‘z navbatida aholini moddiy qo‘llab-quvvatlashga ajratiladi. Bunda salbiy jihatlarni ko‘rmayapman.

“Budjet xarajatlari kamaytirilmaydi”

Davlat budjeti xarajatlari kamaytirilishi bo‘yicha aniq rejalar mavjud emas. To‘g‘ri, ayrim xarajatlar muhimligidan kelib chiqib bir yo‘nalishdan boshqasiga o‘tkazilishi mumkin. Lekin davlat budjetini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘zda tutilmagan.

QQS pasayishi nega narxlarga taʼsir qilmayapti?

Qo‘shilgan qiymat solig‘i pasayishi vaqt o‘tishi bilan sekin-asta natija beradi. Chunki QQS joriy yilning yanvar oyidan pasaytirildi. Buni bir muncha vaqt o‘tgandan so‘ng tahlil qilish mumkin. Birdaniga xulosa chiqarishga shoshmaslik kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »