Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘tgan yili mamlakat yillik eksport ulushining qariyb 33,4 foizini oltin tashkil etdi. Bu avvalgi davrlarga qaraganda eng yuqori ko‘rsatkich.

Infografika: Statistika agentligi

2023-yilda O‘zbekiston 8,1 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligining tashqi savdo aylanmasiga doir press–relizida ma’lum qilingan.

Infografika: Statistika agentligi

Avvalroq agentlik 2022-yilda mamlakat 4,1 milliard dollarlik, 2021-yilda ham 4,1 dollarlik oltin sotganini ochiqlagandi.

Respublika 2020-yilda 5,8 milliard dollarlik, 2019-yilda 4,9 milliard dollarlik, 2018-yilda esa 2,9 milliard dollarlik oltin eksport qilgan. Yaʼni o‘tgan 2023-yildagi oltin eksporti hajmi avvalgi davrlardagiga nisbatan keskin o‘sgan.

Press–relizda 2023-yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi 62,6 milliard dollarni tashkil etgani, shundan eksport ulushi 24,4 milliard dollarga teng bo‘lgani qayd etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »