Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘tgan 2023-yilda UzAuto Motors eng ko‘p ishlab chiqargan avtomobil modeli Cobalt bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Foto: Telegram

O‘zbekistonda 2023-yilda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning 118 093 donasi Cobalt hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu barcha modellar ichida eng ko‘p miqdordir (2022-yilda ham Cobalt eng ko‘p ishlab chiqarilgan). 

Keyingi o‘rinlarda Damas (89 154 dona) va Gentra (82 133 dona) nisbatan ko‘p ishlab chiqarilgan.

Shu bilan birga, kompaniya o‘tgan yili 48 082 dona Tracker, 30 596 dona Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqargan.

Ayni paytda Cobalt va Damas sotuvda mavjud emas. Gentra ishlab chiqarish esa to‘xtatilishi xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, UzAutoMotors 2023-yil 25—27-dekabr kunlari Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun jami 171 200 dan ortiq shartnomalar tuzdi. Mazkur avtomobillar 2024-yilda ishlab chiqarilishi va mijozlarga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »