Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

UzAutoMotors avtomobillarga shartnoma berishda to‘liq onlayn savdoga o‘tmoqchi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning avgust oyidan boshlab UzAutoMotors avtomobillar uchun navbatni kamaytirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qabul qilgan.

Foto: “mezon.io”

Bu ishlab chiqarish hajmini oshirish, avtomobillarni sotish navbatlarini 3 barobarga, kutish muddatini o‘rtacha 1-3 oyga qisqartirish imkonini bergan.

“Ammo kutish muddatlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qilingan yechimlar, dilerlik markazlarida ommaviy avtomobillar uchun shartnomalarni olishdagi keskinlikni kamaytirmadi. Bu esa haqli ravishda isteʼmolchilarning noroziligini keltirib chiqarishga sabab bo‘lmoqda. Bundan avvalgi kontraktatsiyada, dasturiy taʼminotda yuqori yuklanish tufayli yuzaga kelgan texnik nosozliklar uni sezilarli darajada yangilash zarurligini ko‘rsatdi.

Shu munosabat bilan, UzAutoMotors kompaniyasi Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “UzavtoSavdo” tizimini modernizatsiya ishlari amalga oshirilib, tizimning texnik jihozlanishini kuchaytirish bo‘yicha samarali ishlar qilinmoqda, bu esa uning yuqori tezlikda yuklanishlarni to‘g‘ri ishlashini taʼminlaydi.

Onlayn sotuv bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning yakunlanishi va onlayn savdoga to‘liq o‘tish vaqtini UzAutoMotors o‘zining barcha rasmiy kanallarida qo‘shimcha ravishda eʼlon qiladi. Ayni paytda xaridorlar “UzavtoSavdo” ilovasini o‘rnatishlari va keyingi avtomobil xaridlari uchun UzAutoMotors savdo tizimida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin”, –– deya xabar bergan kompaniya.

Qo‘shimcha qilinishicha, modernizatsiya doirasida onlayn-savdo tizimida texnik ishlar olib borilmoqda. Shu bois, joriy yilning 1-dekabr kuni soat 09:00 dan 24:00 gacha “UzavtoSavdo” tizimi vaqtincha ishlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya oxirgi martda 3-noyabr kuni ommabop modellar — Cobalt, Gentra, Damas, Labo uchun dilerlik markazlarida shartnoma bergandi. Sotuvlar doimgidek bir necha soatlarda avtosalonlardagi uzun navbatlar, ur-yiqit, to‘polon bilan o‘tgan. Avvalroq UzAutoMotors ommabop avtomobillari narxini oshirgani maʼlum bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »