Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Bugun, 3-noyabr kuni UzAutoMotors ommabop modellar — Cobalt, Damas, Labo va boshqa avtomobillariga dilerlik markazlarida shartnoma berish boshlanganini eʼlon qildi. Sotuvlar doimgidek bir necha soatlarda avtosalonlardagi uzun navbatlar, ur-yiqit, to‘polon bilan o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda aholining avtosalonlardagi tartibsizliklari aks etgan videolar tarqaldi. Sotuv boshlangani aytilgach, “Daryo” muxbiri ham Toshkent shahridagi avtosalonlardan birida bo‘lib, jarayonni o‘rgandi.

Foto: “Daryo”

Kompaniya sotuv boshlangani haqidagi eʼlonni soat 9:40 da bergan bo‘lsa, oradan uch yarim soat o‘tib, shartnoma tuzish to‘xtatildi. O‘tgan vaqt ichida navbatga yozilganlardan shartnoma tuzishga erishganlar soni 100 taga ham yetmadi.

Samarqandlik Hazratqul Jo‘rayev Toshkentdagi avtosalonga besh kun qatnab, axiyri Cobalt’ga shartnoma tuzganini aytdi.

Hazratqul Jo‘rayev
Foto: “Daryo”
“Dushanba kuni soat 9:00 da avtosalonga bordim. Hali shartnomalar berilmayapti, kuting deyishdi. Kun bo‘yi — soat 18:00 gacha kutdim, sotuv boshlanmadi. Keyin ertasiga ham kuta-kuta uyga qaytdim. Chorshanba, payshanba kunlari ham shunday vaqt o‘tkazdim. Va nihoyat, mana juma kuni shartnoma berishdi. Erta tongda kelib, Cobalt’ga shartnoma tuzdim. Juda xursandman, uydagi yaqinlarim bayram qilishyapti”, — dedi u.
Foto: “Daryo”

Fuqarolardan birining aytishicha, avtosalonga kelganlarning ko‘pchiligi avtomobilni sotish uchun xarid qilmoqda. Ular bir vaqtning o‘zida o‘nlab avtomobillarga shartnoma tuzadi. Oqibatda mashina haydash uchun olishni istagan oddiy aholiga navbat tegmaydi.

“Avvallari salondan olingan yangi avtomobilni bir yil ichida sotishga ruxsat berilmasdi. O‘sha to‘g‘ri qaror edi. Chunki hozir ko‘pchilik mashina sotib olayotganlar bozorda pullash uchun xarid qilmoqda. Oqibatda oddiy aholi avtomobil olishdan mahrum bo‘lyapti”, — dedi ismini sir tutishni istagan manba.
Foto: “Daryo”

Shartnomalar berish boshlangan paytda kompaniya ilovasi ishlamay qoldi. Yaʼni ilovada sotuvdagi avtomobillarni ko‘rish imkoni bo‘lmadi. Rasmiy bot ham, kompaniya sayti ham toshdek qotdi. Odamlarda faqatgina avtosalonlarga borib mashina sotib olish imkoni qolgan, bu ham bo‘lsa, tavakkal va amalga oshishi amrimahol ish. Chunki mashina sotib olish uchun salonga kelganlarning yarmidan ko‘pi uyiga quruq qo‘l bilan qaytdi.

Foto: “Daryo”

Avvalroq 18-sentyabr kuni ham Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilgani xabar qilingandi. Unda ham shartnomalar berish boshlanishi eʼlon qilgandan so‘ng avtosalonlarda navbatlar yuzaga kelgan va sotuv juda tez yakunlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »