Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

UzAuto Motors ommabop modellar uchun shartnoma berish boshlanganini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, kompaniya o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish borasida amalga oshirgan tizimli sa’y-harakatlari natijasida, oyiga 40 000 donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichga erishgan. Bu o‘z navbatida, kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartirgan.

Bugungi kunda xarid qilish uchun mavjud bo‘lgan Chevrolet avtomobil modellari:

  • Damas va Labo
  • Cobalt 
  • Onix 
  • Tracker 
  • Captiva-5
  • Malibu
  • Equinox
  • Traverse
  • Tahoe
Foto: UzAuto Motors
“Shartnoma olishda Chevrolet dilerlik markazlarida yuzaga keladigan navbatlar va noqulayliklardan holi bo‘lishni istasangiz, onlayn-servis xizmatlardan foydalanishingizni va faqat rasmiy ma’lumotlarga tayanishingizni  tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors 4-avgust kuni ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek, zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023-yilda qo‘shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan edi. Ertasiga, 5-avgustda esa shartnoma berish to‘xtatilgani ma’lum qilingandi.

Shuningdek, 18-sentabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochildi va ko‘p o‘tmay Cobalt va Lacetti uchun shartnoma berish to‘xtatildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »