Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

UzAuto Motors kompaniyasi fuqarolarni Chevrolet avtomobillari uchun kontraktatsiya boshlangani haqidagi ma’lumotlarni faqat rasmiy kanallardan olishga chaqirdi

Kadr: Telegram

“Bugun bir qancha avtoixlosmandlar avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlanganligi to‘g‘risidagi mish-mishlarga ishonib, ertalabdan dilerlik markazlariga kelishgani sababli dilerliklarda katta navbatlar yuzaga keldi.

Hurmatli xaridorlar, Eslatib o‘tamiz, sotuv boshlanganligi to‘g‘risida va boshqa murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlarni UzAuto Motors’ning rasmiy kanallaridan olishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.

 “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati rahbari Zumrad Shojalilovaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bugun, 29-oktyabr kuni ommabop avtomobillar uchun shartnoma berish boshlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors 4-avgust kuni ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek, zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023-yilda qo‘shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan edi. Ertasiga, 5-avgustda esa shartnoma berish to‘xtatilgani ma’lum qilingandi.

Shuningdek, 18-sentabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochildi va ko‘p o‘tmay Cobalt va Lacetti uchun shartnoma berish to‘xtatildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »