Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

UzAuto Motors kompaniyasi bir qator ommabop avtomobillarning narxlarini oshirdi. “Chevrolet.uz” saytidagi yangilangan maʼlumotlarga ko‘ra, ayrim modellar narxi 9 million so‘mgacha qimmatlashgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qimmatlashgan komplektatsiyalarning yangi narxlari:  

  • Lacetti L-Style Plus AT — 169 118 000 so‘m (eski narxi – 160 868 000 so‘m);
  • Damas D2 DLX Style Plus — 96 932 000 so‘m (eski narxi – 92 204 000 so‘m);
  • Labo LB2 Plus — 96 370 000 so‘m (eski narxi – 91 669 000 so‘m);
  • Cobalt GS-Style Plus MT — 119 542 000 so‘m (eski narxi – 113 711 000 so‘m);
  • Cobalt GX-Style Plus AT — 141 181 000 so‘m (134 294 000 so‘m).

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning martida Lacetti (Gentra) narxi — 12 foizga, Damas, Spark, Cobalt, Nexia-3 — 10 foizga ko‘tarilgan edi.

UzAuto Motors 2023-yilning 4-avgust kuni ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek, zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023-yilda qo‘shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan edi. Ertasiga, 5-avgustda esa shartnoma berish to‘xtatilgani ma’lum qilingandi.

Shuningdek, 18-sentabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochildi va ko‘p o‘tmay Cobalt va Lacetti uchun shartnoma berish to‘xtatildi. Bir necha kun oldin esa UzAuto Motors kompaniyasi ommabop avtomobillar uchun shartnomalar 2024-yilga qadar ochilmasligi aytilgan xabarlarga munosabat bildirgandi.

Mavzuga doir
Izoh

Panji Ilyazov

19.10.2023, 01:57

bu mowina zavod jini buganmi

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »