Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

UzAuto Motors tez kunda Cobalt, Gentra, Damas sotuvini boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zavtosanoat” vakili “Daryo”ga maʼlum qildi.

Aytilishicha, mazkur avtomobillarga shartnomalar berish joriy hafta yakunigacha boshlanishi mumkin. Shu bilan birga, sotuvi ikki yil ilgari to‘xtatilgan Captiva-5 avtomobili ham yaqin kunlarda savdoga qo‘yiladi.

Avvalroq UzAuto Motors ommabop avtomobillari narxini oshirgani maʼlum bo‘lgandi.

Qimmatlashgan komplektatsiyalarning yangi narxlari:

  • Lacetti L-Style Plus AT — 169 118 000 so‘m (eski narxi – 160 868 000 so‘m);
  • Damas D2 DLX Style Plus — 96 932 000 so‘m (eski narxi – 92 204 000 so‘m);
  • Labo LB2 Plus — 96 370 000 so‘m (eski narxi – 91 669 000 so‘m);
  • Cobalt GS-Style Plus MT — 119 542 000 so‘m (eski narxi – 113 711 000 so‘m);
  • Cobalt GX-Style Plus AT — 141 181 000 so‘m (134 294 000 so‘m).

Oktyabr oyi o‘rtalarida Captiva-5 narxlari ham eʼlon qilingandi. Kompaniya xabariga ko‘ra, avtomobil uchta komplektatsiyada sotuvga chiqariladi. Ularning narxlari quyidagicha:

  • LT1 (5 o‘rindiqli): 299 900 000 so‘m;
  • LT2 (7 o‘rindiqli): 319 900 000 so‘m;
  • Premier (7 o‘rindiqli): 349 900 000 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-sentyabr kuni UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalar berish boshlanganini eʼlon qilgandi. Bir kun ichida ushbu modellardagi avtomobillarga jami 28 mingdan ziyod shartnoma tuzilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »