Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Captiva–5 sotuvi boshlanadi: avtomobil narxlari 350 million so‘mgacha bo‘ladi.

Foto: Telegram

Chevrolet Captiva (Captiva–5) sotuvi 2023-yilning oktyabr oyi yakunida boshlanishi kutilmoqda. “O‘zavtosanoat” vakili avtomobil narxlarini “Daryo”ga maʼlum qildi.

Captiva–5 uchta komplektatsiyada sotuvga chiqariladi. Ularning narxlari quyidagicha:

  • LT1 (5 o‘rindiqli): 299 900 000 so‘m;
  • LT2 (7 o‘rindiqli): 319 900 000 so‘m;
  • Premier (7 o‘rindiqli): 349 900 000 so‘m.

Mazkur narxlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini ham hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

Avvalroq Captiva–5 sinovdan o‘tkazilayotgani, test jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa, avtomobil sotuvga chiqarilishi maʼlum qilingandi. Avtomobillar Xitoydan olib kelinadi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors 2021-yil sentyabrda Captiva–5 avtomobillari narxlarini eʼlon qilgandi. O‘shanda mazkur rusumdagi avtomobillar narxlari quyidagicha bo‘lgan:

  • boshlang‘ich LT komplektatsiya — 192 775 000 so‘m;
  • LT komplektatsiya 5 o‘rinli —238 086 957 so‘m;
  • LT komplektatsiya 7 o‘rinli — 244 782 609 so‘m ;
  • Premier komplektatsiya 7 o‘rinli — 269 478 261 so‘m.

Kompaniya xabarida ushbu narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan. UzAutoSavdo tizimida esa QQS bilan qo‘shib hisoblaganda, premier komplektatsiya 309 900 000 so‘mdan, LT 7 esa 281 500 000 so‘mdan boshlanishi qayd etilgan, boshlang‘ich LT va LT 5 komplektatsiyalari narxlari esa keltirilmagan.

Oradan ko‘p o‘tmay, 2021-yilning noyabr oyida Captiva–5 sotuvi to‘xtatilgan.

Maʼlumot uchun, Captiva modeli O‘zbekiston bozoriga 2007-yilda kirib kelgan. O‘sha yilning oktabrida mamlakatda avtomobilni yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan. 2011-yilning sentyabri va 2017-yilning fevralida model yangilangan. 2018-yilning sentyabrida esa GM’ning global strategiyasiga muvofiq uni ishlab chiqarish to‘xtatilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »