Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 18-sentabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalar tuzish boshlangani eʼlon qilindi. Qisqa fursatda respublikadagi barcha avtosalonlar oldida yuzlab, minglab odamlar to‘planib, shartnoma olish niyatida ekanini maʼlum qildi. Ko‘p o‘tmay Cobalt, Lacetti uchun shartnomalar tugagani eʼlon qilindi. Va ish vaqti tugadi degan vaj bilan barcha avtosalonlarda shartnoma berish to‘xtatildi. “Daryo” jurnalisti Toshkent shahridagi avtosalonlarning birida bo‘lib, shartnoma ololmagan xaridorlarni suhbatga tortdi.

Jurnalist bilan suhbatda bo‘lgan xaridorlardan birining maʼlum qilishicha, u UzAuto Motors rasmiy saytida Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalar tuzish boshlangani eʼlon qilingan paytda avtosalonga yetib kelgan. Biroq avtosalonda ish vaqti tugab qolgani sabab shartnoma ololmagan.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
O‘tgan gal ham xuddi shu holat bo‘lgandi. 40 ta mashina sotdik deyishdi. Lekin salonga 400 talab avtomobil olib kelindi. Har safar shu holat, — deydi suhbatdosh.
Foto: “Daryo”

Navbatdagi suhbatdoshning aytishicha, u avtosalonga soat 16:30 larda yetib borgan.

Foto: “Daryo”
Biz salonga soat 16:30 larda keldik. Kelib bilsak, shartnoma berish 16:00 larda boshlangan ekan. Ko‘p o‘tmay, server qotgani sabab yaxshi ishlamay qoldi va shartnoma berish to‘xtatildi. Bitta shartnomani rasmiylashtirishga 10-15, baʼzan 20 daqiqa sarflashdi, — deydi u.
Foto: “Daryo”

Suhbatdoshlarning aytishicha, avtosalonlarda tanish-bilishchilik avj olgan.

Foto: “Daryo”
Mashina bozorida sotilayotgan mashinalarning deyarli barchasi yangi mashinalar. Bir hafta, o‘n kun, o‘n besh kun avval ishlab chiqarilgan mashinalar. So‘rasangiz, barchasining egasi bitta odam. Hoji akalar 20-30 ta mashinani sotib olishgan. Qani shaffoflik?, — deydi suhbatdosh.
Foto: “Daryo”

“Daryo” jurnalisti bilan suhbatlashgan xaridorlarning aytishicha, avtosalonda soat 18:00 da ish vaqti tugadi deya eshiklari yopilgan. Ammo ichkarida shartnomalarni rasmiylashtirish ishlari davom etgan.

Foto: “Daryo”

Jurnalist xaridorlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan avtosalon masʼullari bilan suhbatlashdi. Masʼullar jurnalistni qiziqtirgan savollarga javob berishga vakolatli emasligini, OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga UzAuto Motors’ning axborot xizmati orqali javob olishi mumkinligini taʼkidlagan.

Foto: “Daryo”

“O‘zAvtosanoat” matbuot kotibi Zumrad Shojalilovaning bildirishicha, 18-sentabr kuni avtomobillarga jami 28 mingta shartnoma tuzilgan. UzAuto Motors 2023-yilning 4-avgust kuni ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek, zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023-yilda qo‘shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini maʼlum qilgan edi. Ertasiga, 5-avgustda esa shartnoma berish to‘xtatilgani maʼlum qilingandi. Unga ko‘ra, Chevrolet Lacetti, Cobalt va Damas avtomobillarining 2023 yil uchun qo‘shimcha partiyasiga kontraktatsiyaning dastlabki 2 kunida to‘liq shartnoma tuzildi. 4–5-avgust kunlari ushbu avtomobil modellarini xarid qilish uchun 50 000 dan ortiq shartnoma imzolangandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »