Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 18-sentabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochiladi. Bu haqda UzAuto Motors axborot xizmati maʼlum qildi.

Foto: “Daryo”

Aytilishicha, bir oy avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha dilerlik markazlari xaridorlarga Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillarini muddatidan oldin yetkazib berishni boshlagan.

“Ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, barcha mavjud ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillarining qo‘shimcha partiyasini ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlari ham ishlab chiqildi.

Qolaversa, avval xabar berilganidek, kompaniya avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimini joriy etmoqda. Shuningdek, barcha tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobillar qisqa vaqt ichida o‘z egalariga yetkazib beriladi.

Bugun, 18-sentabr UzAuto Motors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilmoqda. Avtomobillar soni cheklangan”, — deyiladi kompaniya axborotida.

Eslatib o‘tamiz, agar bir shaxs nomiga yiliga bir xil model uchun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, kompaniya shartnomaning 3.1.2 bandiga asosan avtomobillarni yetkazib berish muddatini uzaytiradi. Shu munosabat bilan, xaridorlar shartnomani imzolashdan oldin uning barcha bandlari bilan to‘liq tanishib chiqish lozim.

Avvalroq UzAuto Motors 4-avgust kuni ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek, zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023-yilda qo‘shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini ma‘lum qilgan edi. Ertasiga, 5-avgustda esa shartnoma berish to‘xtatilgani ma’lum qilingandi.

Unga ko‘ra, Chevrolet Lacetti, Cobalt va Damas avtomobillarining 2023-yil uchun qo‘shimcha partiyasiga kontraktatsiyaning dastlabki 2 kunida to‘liq shartnoma tuzildi. 4–5-avgust kunlari ushbu avtomobil modellarini xarid qilish uchun 50 000 dan ortiq shartnoma imzolangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »