Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 18-sentabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilgan edi

Shundan so‘ng ko‘rishlar soni ko‘paygani sababli kompaniyaning rasmiy saytida uzilishlar kuzatila boshlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur eʼlondan so‘ng avtosalonlarda navbatlar yuzaga kelgani aks etgan videolar tarqaldi. 

Shuningdek, tarmoqlarda Cobalt va Lacetti uchun shartnoma berish to‘xtatilgani haqida xabarlar tarqaldi. “Daryo” bunga aniqlik kiritish maqsadida “O‘zAvtosanoat” matbuot kotibi bilan bog‘landi. Maʼlum qilinishicha, hozirda Cobalt va Lacetti uchun shartnoma berish to‘xtatildi.

Avvalroq UzAuto Motors 4-avgust kuni ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek, zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023-yilda qo‘shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan edi. Ertasiga, 5-avgustda esa shartnoma berish to‘xtatilgani ma’lum qilingandi.

Unga ko‘ra, Chevrolet Lacetti, Cobalt va Damas avtomobillarining 2023-yil uchun qo‘shimcha partiyasiga kontraktatsiyaning dastlabki 2 kunida to‘liq shartnoma tuzildi. 4–5-avgust kunlari ushbu avtomobil modellarini xarid qilish uchun 50 000 dan ortiq shartnoma imzolangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »