Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

UzAuto Motors Chevrolet Lacetti (Gentra) ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, mazkur avtomobil uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari yangi modellarga yo‘naltiriladi.

“Bu GM Global siyosati tufayli. Uning uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarish quvvatlarini yangi modellarga yo‘naltirmoqda”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Bu yil kompaniya Tracker Phase1 ishlab chiqarishni to‘xtatadi va “plus” prefiksi bilan 2-bosqichga o‘tadi.

UzAuto’ning qayd etishicha, Lacetti va Tracker 1 uchun pul to‘laganlar 2024 VIN raqamini olish uchun 2024-yilgacha kutishi shart emas. Ularga har qanday vaziyatda ham 2023-yilda beriladi.

O‘zbekistonda oktyabr oyi yakunlariga ko‘ra, barcha avtotransport vositalarining sotuvi 24 foizga o‘sib, 183 mingtani tashkil etdi va o‘tgan yilning oktyabr oyiga nisbatan 62 foizga o‘sdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »