Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning 2023-yildagi Xitoy bilan savdosini tahlil qildi.

Infografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Markaz tahliliga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonning Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmi 51,5 foizga o‘sib, 13,7 milliard dollarni tashkil etdi. Bunda eksport hajmi 2,5 milliard dollar, import 11,3 milliard dollarga yetgan. Markaz Xitoydan import ulushi qariyb 75,2 foizga o‘sganini qayd etgan. 

“2023-yilda Xitoydan importning asosini mashina va uskunalar, sanoat tovarlari va kimyoviy moddalar tashkil qildi”, — deya qayd etgan markaz.

Umuman olganda, 2023-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida Xitoyning ulushi 21,9 foizni tashkil etgan. Shundan jami eksportning 10,1 foizi, importning 29,5 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Statistika agentligi hisobotida ikki davlatning 2022-yildagi tovar aylanmasi hajmi 9 milliard dollarni tashkil etgani keltirilgan. Bunda O‘zbekistonning eksport ulushi 2,6 milliard dollar, importi esa 6,4 milliard dollar bo‘lgan.

Markazning eslatishicha, 2023-yilning 17-oktyabr kuni “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining 10-yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari yaqin 5 yilda tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazish uchun barcha asoslar mavjudligini taʼkidlashgan.

“Xitoy kompaniyalari va moliya institutlari ishtirokida yuqori texnologiyalar, muqobil energetika, kimyo, mashinasozlik, metallurgiya, elektrotexnika, infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa sohalarda qator yirik sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda”, — deya qo‘shimcha qilgan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.

Maʼlumot uchun, joriy yilning 23-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Xitoyga jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Shuningdek, davlat rahbari Xitoy hududlaridan biriga tashrif buyurib, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »