Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidenti 23—25-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lishi haqida xabar qilingan edi. Tashrif arafasida Xitoyning Jenmin jibao nashrida Shavkat Mirziyoyev muallifligidagi “O‘zbekiston—Xitoy: ming yillar davomidagi do‘stlik va hamkorlik” nomli maqola e’lon qilindi. Unda ikki davlat munosabatlari haqida so‘z boradi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Yangi yilda birinchi tashrifimni Xitoy Xalq Respublikasi hurmatli raisi Si Szinpinning taklifiga binoan ushbu davlatga amalga oshirishim chuqur ramziy ma’noga egadir.

Xitoyga har safar tashrif buyurganimda bu yerda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lami va erishilgan muvaffaqiyatlar, o‘zining ko‘p asrlik oruzusini ro‘yobga chiqarish uchun taraqqiyot yo‘lidan dadil qadam tashlab borayotgan Xitoy xalqining bunyodkorlik kuchi, mehnatsevarligi va iste’dodiga chin dildan qoyil qolaman.

So‘nggi o‘n yil ichida Xitoy Xalq Respublikasi qudratli jahon davlatiga aylandi, ulkan ilmiy-texnikaviy va innovatsion taraqqiyotga erishdi, iqtisodiyot va biznesni rivojlantirish uchun noyob ekotizim yaratdi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbarining qayd etishicha, XXR savdo va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish orqali rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Xitoyning do‘stona qo‘shnisi va har tomonlama strategik hamkori sifatida bu muvaffaqiyatlardan chin dildan mamnun.

Prezidentning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Xitoy ikki mamlakat tub manfaatlariga daxldor bo‘lgan davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi, yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga sodiqlik, o‘z taraqqiyot yo‘li va madaniy-sivilizatsiyaviy o‘zligini hurmat qilish kabi masalalarda bir-birini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi.

Xitoy bilan ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ayni paytda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Yuqori texnologiyalar, muqobil energetika, kimyo, mashinasozlik, metallurgiya, elektrotexnika, infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa sohalarda qator yirik qo‘shma sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yaqin kelajakda O‘zbekistonda xitoylik hamkorlar ishtirokida suv, elektr energetika, avtomobil va temiryo‘l sohalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha uzoq muddatli dasturni tasdiqlash rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Xitoyning global birlashtiruvchi kuchga aylangan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini amalga oshirish doirasida turli dasturlarda ham faol ishtirok etmoqda.

“Jahon siyosatidagi beqarorlik va notinchlikka qaramay, biz kelajakka dadil nazar tashlab, birgalikdagi bunyodkorlik rejalarini tuzamiz. Xitoy Xalq Respublikasining hurmatli raisi Si Szinpin bilan bo‘lajak uchrashuvda aynan shu haqda gaplashamiz”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari kelgusi o‘n yilliklarga mo‘ljallangan ko‘p qirrali hamkorlikning asosiy vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha yangi uzoq muddatli kun tartibi va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqishni muhim deb hisoblaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »