Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Xitoy O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda Xitoyning “Sinxua” agentligiga tayanib “Dunyo” AA xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazir buni O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga amalga oshirgan tashriflari yakuni bo‘yicha jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Shuningdek,  O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida tomonlar ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi mavjud konsensusdan o‘zaro siyosiy ishonchni chuqurlashtirish va taraqqiyot strategiyalarining bog‘liqligini mustahkamlash uchun ustuvor yo‘nalish sifatida foydalanishga, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar erishilgan yutuqlarga tayanishi va yangi taraqqiyot sari intilishi uchun birgalikda harakat qilishga kelishib olganini ma’lum qilgan.

Tomonlar “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida hamkorlikni sifat jihatdan yuksaltirish, yillik savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazish va yangi maqsadlarni belgilashga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkazdi, SHHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »