Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Xitoyning Xanchjou shahriga tashif buyurgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Hukumat portaliga ko‘ra, “Xanchjou Xuaszya” davlat qarorgohida bosh vazir Abdulla Aripov Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Syan boshchiligida hukumat delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Foto: Hukumat portali

Dastlab, O‘zbekiston tomoni Shavkat Mirziyoyevning XXR raisi Si Szinpinga yo‘llagan samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan. Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 74 yilligi bilan qutlagan.

Qayd etilishicha, 2022-yilda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi qariyb 9 milliard dollarni tashkil etgan. Savdo hajmini oshirish bo‘yicha ikki davlat rahbarlari tomonidan hukumatlar zimmasiga 10 milliard dollarga yetkazish vazifasi yuklatilgan.

Uchrashuvda nafaqat mazkur natijaga erishish, balki o‘zaro savdoni 12-13 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi qayd etilgan. Jumladan, Xitoyga to‘qimachilik, mis, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi mahsulotlarning eksport hajmini oshirish imkoniyati mavjud.

Shu bilan birga, “yashil” energetika, avtomobilsozlik, elektrotexnika, rangli va noyob metallarni qayta ishlash, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, agro va suvni tejaydigan texnologiyalar ishlab chiqarish sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish muhimligi qayd etilgan. Buning uchun zamonaviy texnologiyalarga asoslangan O‘zbekiston—Xitoy industrial parkini tashkil etish taklif etilgan.

Shuningdek, Xanchjouga tashrif doirasida Huawei, Energy China International, Silk Road Found singari Xitoyning yirik kompaniyalari rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha ham uchrashuvlar o‘tkazilgan. O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Xitoyga ishchi tashrifi davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr boshlarida Silk Road briefing nashri Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi qoldirilgani haqida xabar bergandi. Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Bakit Toroboyev esa mazkur ma’lumotni rad etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »