Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston va Xitoy hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ishchi tashrif bilan Janubiy Xitoyning Guansi avtonom rayoniga bordi. Safar davomida Guansi avtonom rayoni Tashqi ishlar departamenti bosh direktori o‘rinbosari Song Xay Jin, Tijorat vazirligi hududiy departamenti direktori o‘rinbosari doktor Yuye Syumey va Xitoy xalqaro savdoni rag‘batlantirish tashkiloti raisi Yang Yan bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniy va turizm aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, hudud Tashqi ishlar departamenti rahbariyati bilan muloqotda hududlararo hamkorlik, madaniy va turizm aloqalarini rivojlantirish xususida fikr almashildi. Tomonlar hududiy korxonalar o‘rtasida o‘zaro kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligini taʼkidladi. Qishloq xo‘jaligi va turizm yo‘nalishlarida hamkorlik qilish uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Tijorat vazirligi hududiy departamenti direktori o‘rinbosari doktor Yuye Syumey bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda muvaffaqiyatli biznes boshlash va xorijiy investitsiyalar ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar, GSP+, malakali ishchi kuchi, Markaziy Osiyo, Afg‘oniston bozorlariga chiqish uchun qulay transport infrastrukturasi va MDH, shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan kirishda mavjud bojxona imtiyozlari to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berildi.

Xitoy xalqaro savdoni rag‘batlantirish tashkilotidagi uchrashuvda tomonlar hududiy tadbirkorlar va biznes vakillari ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy tomoniga O‘zbekistondagi biznes vakillari uchun yaratilgan imkoniyatlari va O‘zbekiston tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli qurilish materiallari, ekologik toza qayta ishlangan mahsulotlarni Guansi bozoriga yetkazib berishga tayyorliklari bildirildi.

Tashkilot raisi Yang Yan o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan provinsiyadagi biznes soha vakillari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va kengaytirishda o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini maʼlum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »