Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoyning Xian Free Trade Port Construction and Operation Co.Ltd kompaniyasi O‘zbekistondagi infratuzilma loyihalarida ishtirok etmoqchi.

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati

Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” va Xitoy kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum bo‘ldi. Tomonlar logistika va infratuzilma qurilishi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy transport logistikasi sohasida muhim sheriklar ekani va bu boradagi hamkorlik rivojlanish uchun katta salohiyatga ega ekanligini ta’kidlangan. Tomonlar, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida yuk tashish hajmini oshirishdan manfaatdorligini qayd etgan.

Xitoy tomoni O‘zbekistondagi infratuzilma loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdor ekanini va mamlakat transport infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shishga tayyorligini bildirgan.

Ikki tomon hamkorlik istiqbollariga ishonch bildirdi va hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.

 “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Xitoyning Xian Free Trade Port Construction and Operation Co.Ltd kompaniyasi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, transport logistikasi va infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashadi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Xian Free Trade Port Construction and Operation Co.Ltd. kompaniyasi Xitoyning yirik korxonasi bo‘lib, erkin savdo portlarini qurish va ulardan foydalanishga ixtisoslashgan.  U erkin savdo portlari doirasida infratuzilmani rivojlantirish, qurish va boshqarish bilan shug‘ullanadi, bu savdo, sarmoya va iqtisodiy rivojlanish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »