Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston–Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilinishi mumkinligini aytib o‘tildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Yuy Szyun
 
Foto: “Daryo”

Tadbirda O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun vizasiz rejimni joriy etish Xitoy hukumatida kuchli xohish borligini taʼkidlab o‘tdi.

“Lekin bu masalalarni mutaxassislar orqali muhokama qilish va kelishish kerak. Hozir Xitoy tarafi bu masalani diqqat bilan o‘rganmoqda. Dastlab viza olish tartibi yengillashtiriladi, keyinroq boshqa masalalarni ko‘rib chiqishga tayyormiz”, — dedi elchi.

Shuningdek u O‘zbekiston Xitoy fuqarolari uchun 10 kunlik vizasiz rejim joriy qilganligidan minnatdorligini bildirdi.

Xitoy fuqarolari uchun o‘n kunlik vizasiz rejim

Mamlakatlar o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik ham izchil rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston ham Xitoy singari boy tarixiy-madaniy merosga, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qo‘qon, Farg‘ona kabi noyob qadimiy me’moriy yodgorliklarga ega bo‘lgan rang-barang mamlakatdir.

2010-yildan boshlab O‘zbekistonga Xitoy fuqarolarining guruhli sayohatlari uchun turistik davlat maqomi berildi, 2017-yilda esa besh yilga mo‘ljallangan turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 2021-yil mart oyidan boshlab Xitoy fuqarolari uchun o‘n kunlik vizasiz rejim amal qiladi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli keyingi yillarda O‘zbekistonga xitoylik sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshdi. 2017-2019-yillarda ularning soni 19 mingdan 54 ming nafardan oshdi. Biroq so‘nggi uch yil ichida pandemiya boshlanishi bilan mamlakatlar o‘rtasidagi sayyohlar oqimi qisqargan va 10 ming kishidan oshmagan.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan 2023-yil Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati hamda san’ati yili deb e’lon qilindi.

Avvalroq Xitoy elchisi O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy temiryo‘lining taqdiri haqidagi savolga javob bergan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »