Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston hukumati Gonkong va Makaodan keladigan Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etishga qaror qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Edil Baysalov “Qirg‘iziston—Xitoy” do‘stlik jamiyati konferensiyasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va xalq diplomatiyasini mustahkamlashga qaratilgan.

“Vizasiz sayohat madaniy va iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi. Gonkong va Makao aholisidan tashqari, AQSH, Buyuk Britaniya yoki Yevropa Ittifoqiga kirish vizasiga ega Xitoy fuqarolari ham bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin”, — dedi u.

Ushbu siyosiy qaror “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining 10 yilligiga to‘g‘ri keldi.

Avvalroq xuddi shunday taklif Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Jeenbek Kulubayev tomonidan 26-aprel kuni o‘sha paytdagi Xitoy TIV rahbari Sin Gan bilan uchrashuv yakunida bildirilgan edi. O‘shanda Bishkek va Pekin qirg‘izistonlik yuk mashina haydovchilari uchun viza rejimini soddalashtirishni ko‘rib chiqqan.

Shu tariqa, vizasiz rejimning joriy etilishi ikki tomonlama muloqotning mantiqiy davomiga aylandi. Bu Qirg‘iziston—Xitoy munosabatlarini yangi strategik sheriklik darajasiga olib chiqishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »