Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasida Rossiya Milliy gvardiyasi harbiy bilim yurtlarida Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi Ichki qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Sputnik axborot agentligining xabar berdi.

Foto: Sputnik

Rasmiy hujjat Rossiya delegatsiyasining Qirg‘iziston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Qirg‘iziston IIV rahbari o‘rinbosari Adilbek Biybosunov va Rossiya gvardiyasi direktori o‘rinbosari Oleg Ploxoy tomonidan imzolandi.

Qirg‘iziston Respublikasi Ichki qo‘shinlari askar va ofitserlari Rossiya hukumati tomonidan ajratilgan kvotaga asosan Rossiyada bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mehmonlar Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralarining qurol-yarog‘, texnika va jihozlari namunalarini ko‘zdan kechirgan.

Ularga qirg‘iz harbiylari tartibsizliklarni qanday bartaraf etishi va xavfli jinoyatchilarni qo‘lga olishi ko‘rsatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »