Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash Qirg‘iziston uchun ustuvor vazifa ekanini aytdi. Bu haqda u 19-sentabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi chiqishida gapirdi.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
“Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni mustahkamlash mamlakatimiz uchun eng oliy ustuvor vazifadir”, — dedi Qirg‘iziston prezidenti.

U so‘nggi yillarda mintaqaviy hamkorlik “hamma yo‘nalishda izchil rivojlanib borayotganini” taʼkidladi.

Japarov Markaziy Osiyoni yagona geoiqtisodiy makon va xalqaro hamjamiyat uchun “geosiyosiy vositachi” sifatida ko‘rishini ta’kidladi. Mintaqadagi to‘liq integratsiya yo‘lida davlat chegaralarini qonuniy rasmiylashtirishni yakunlash zarur, deb hisoblaydi Qirg‘iziston rahbari.

U dekabr oyida qariyb 30 yillik muzokaralardan so‘ng Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida Davlat chegarasini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish bo‘yicha bitim imzolanganini eslatdi.

 “Biz barcha qo‘shnilarimiz bilan tinchlik, totuvlik va do‘stlikda yashashni xohlaymiz”, — dedi prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston har doim ziddiyatli masalalarni faqat tinch, diplomatik yo‘llar bilan hal etish tarafdori bo‘lib kelgan.

“Biz hech qachon birovning mulkini tortib olishga intilmaganmiz, lekin hech kimga ona yurtimizning bir qarichini ham berib qo‘ymaymiz”, — dedi Japarov.

Qirg‘iziston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar oldida ikki tomonlama muammo – ularning rivojlanishiga sarmoya kiritish va ayni paytda iqlim o‘zgarishiga moslashish zarurati turibdi. 2015-yilda e’lon qilingan Parij kelishuvi bo‘yicha yillik moliyalashtirish darajasi endi yetarli emas, bu miqdorni oshirish kerak.

Prezidentning aytishicha, u o‘z hamkorlaridan tashqi qarzni ekologik loyihalarga ayirboshlashni so‘ragan, biroq aksariyat rivojlangan davlatlar javob bermagan.

“Faqat Germaniya hukumati 15 million yevro qarzdan kechdi”, — deya qo‘shimcha qildi Japarov.

Global iqlim o‘zgarishi nuqtayi nazaridan, tog‘li hududlar ayniqsa zaif. Qirg‘izistonda tog‘lar mamlakat hududining qariyb 94 foizni egallaydi. Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi muzliklarning intensiv erishiga olib keldi. Agar ilgari 2050-yilga borib Qirg‘izistondagi muzliklar maydoni ikki baravar qisqarishi, 2100-yilga kelib esa ular butunlay yo‘q bo‘lib ketishi bashorat qilingan bo‘lsa, endi bu jarayon tezlashadi, deyishga asos bor.

“Bu butun mintaqada muammolarning keskinlashishiga olib keladi: ichimlik suvi va qishloq xo‘jaligi uchun suv yetishmasligi, tuproqning degradatsiyasi, oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid soladi”, — deya ogohlantirdi davlat rahbari.

U xalqaro hamjamiyatni shu va boshqa muammolarni hal qilish uchun kuchlarni birlashtirishga chaqirdi.

“Biz, BMTga aʼzo davlatlar, o‘z tashkilotimizni mojarolarning oldini olish, murosalarga erishish, tinchlik va totuvlikni o‘rnatish uchun barcha ishni qilish bo‘yicha global saʼy-harakatlar markaziga aylantirishimiz kerak”, — deya xulosa qildi Qirg‘iziston prezidenti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »