Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan sammitida nutq so‘zladi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Foto: Akorda

To‘qayev Vengriya prezidenti Katalin Novak bilan birgalikda “Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha taraqqiyotni tezlashtirish uchun asosiy o‘tish davri bo‘yicha harakatlarni kengaytirish” nomli yetakchilar muloqotining birinchi sessiyasiga raislik qildi.

Davlat rahbari o‘z nutqida BMTning 2030-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan kun tartibi bugungi avlodga farovon kelajak qurish uchun berilgan yagona imkoniyat ekanini ta’kidladi.

“Geosiyosiy notinchlik bilan birga hozirgi global muammolar bizning kollektiv saʼy-harakatlarimizga putur yetkazmoqda. Bu to‘siqlarni bitta davlatning harakati bilan yengib bo‘lmaydi. Jahon hamjamiyatining birligi orqaligina biz muayyan natijalarga erisha olamiz”, — dedi Qozog‘iston prezidenti.

To‘qayev Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish Qozog‘iston uchun milliy ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

“Barqaror rivojlanish tamoyillari milliy strategiya va dasturlarimizning o‘zagiga aylandi. Bugun biz barqaror kelajakka faol sarmoya kiritmoqdamiz. Davlat budjetining 80 foizi BRM maqsadlari bilan sinxronlashtirilyapti. Biz bepul ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlayapmiz. Yangi Ijtimoiy Kodeks aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoya qilishni kuchaytirdi”, – dedi davlat rahbari.

To‘qayevning fikricha, umumiy barqaror kelajakka erishish uchun zudlik bilan birgalikda harakat qilish kerak.

Qozog‘iston prezidenti qator takliflar bilan chiqdi.

“Yagona BMT tamoyili yanada yaxshi sinergiyani ta’minlash uchun mintaqaviy darajada mustahkamlanishi kerak. Shu bois, biz Qozog‘istonda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun BRM bo‘yicha mintaqaviy xab yaratish tashabbusi bilan chiqyapmiz. Bu BMTning mintaqadagi loyihalari faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlaydi”, — dedi Qosim-Jo‘mart To‘qayev.

Prezident sammit ishtirokchilarini xalqaro moliya arxitekturasiga “yangi hayot” berishga taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, BRM maqsadlariga erishish uchun moliya tizimi bir nechta davlatlar uchun emas, balki barcha mamlakatlar uchun tenglikni ta’minlashi kerak. Ekologiya, taʼlim, sog‘liqni saqlash muammolarini hal qilish uchun ko‘proq mablag‘ ajratish kerak.

Qozog‘iston rahbari iqlim, oziq-ovqat va energetika inqirozi barqaror rivojlanishga jiddiy tahdid solayotganini ham taʼkidlab o‘tdi va ushbu muammolarga qarshi birlashishga chaqirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »