Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Dushanbeda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining V maslahat uchrashuvida mintaqa mamlakatlari uchun ustuvor yo‘nalishlarni aytib o‘tdi. Bu haqda Oqo‘rdaga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Oqo‘rda matbuot xizmati
“Hamkorlikning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha qarashlarimni taqdim etsam, birinchisi, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish. Bu borada sezilarli natijalarni ko‘ryapmiz. Mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash izchil o‘sib bormoqda. Mamlakatlarimiz yaqin kelajakda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 15 milliard dollarga yetkazish imkoniyatiga ega”, — dedi To‘qayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston mintaqa mamlakatlariga 175 ta noresurs tovar nominatsiyasida eksport hajmini oshirishi mumkin.

“Tovar ayirboshlash hajmini kengaytirishda asosiy harakatlantiruvchi kuch mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. Shuning uchun, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar ustuvor vazifaga aylanishi kerak. Tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish uchun, masalan, Central Asia Gateway portali doirasida tovar ishlab chiqaruvchilarning yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif qilamiz”, — deya taklif qildi Qozog‘iston prezidenti.

To‘qayev mintaqa mamlakatlarida sanoat kooperatsiyasi va logistikani rivojlantirish zarurligi haqida gapirdi.

“Buning fonida oziq-ovqat, yengil tovarlar ishlab chiqarish, qurilish va kimyo sanoati bo‘yicha klaster kooperativ loyihalarini yaratish ulkan potensialga ega. Shu munosabat bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishni taklif qilaman”, — dedi u.

To‘qayev mintaqa davlatlarining transport-logistika salohiyatini rivojlantirish va to‘liq joriy etish zarurligiga ham e’tibor qaratdi. Siyosatchi bu Markaziy Osiyo davlatlarining jadal rivojlanishi uchun tayanch nuqtasi bo‘lishini ilgari surdi.

Фото пресс-службы Акорды

“Biz dunyoning yangi iqtisodiy geografiyasi shakllanayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Xitoy, Yevropa, Rossiya va Yaqin Sharq yo‘nalishi bo‘yicha tovar ayirboshlash hajmining ortishi prognoz qilinmoqda. Markaziy Osiyo global shimol, janub, g‘arb va sharqni bog‘laydigan chorrahada joylashgan.

Bu bizning jiddiy ustunligimiz bo‘lib, keng istiqbollarni ochadi. Hozirgi bosqichda Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi alohida o‘rin tutadi. O‘rta muddatli istiqbolda ushbu yo‘lak bo‘ylab harakatlanish hajmini besh baravar oshirish mumkin. Biz raqamli yechimlarni joriy etish va infratuzilmani modernizatsiya qilish orqali uning quvvatini tizimli ravishda oshirish niyatidamiz”, — ta’kidladi Qozog‘iston rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »