Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev harbiy xizmatchilar bilan muloqotda armiyani chaqiriqqa tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda Akorda xabar berdi.

Foto: Akorda

To‘qayev “Batil toytaris-2023” harbiy mashg‘ulotlaridan so‘ng Olmaota viloyatida harbiy xizmatchilar bilan uchrashdi. U murakkab geosiyosiy vaziyatda bunday harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish muhimligini ta’kidladi.

Foto: Akorda
“Bugungi kunda jahon mudofaa tizimida keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Urushning zamonaviy uslublari, ayniqsa, gibrid turlari keng tarqalmoqda. Hujumlar nafaqat harbiy, balki axborot, psixologik, siyosiy, iqtisodiy ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Qozog‘iston Qurolli kuchlari har qanday chaqiriqlarga tayyor turishi kerak.
Bu zamonaviy professional armiyaga qo‘yiladigan asosiy talab. Bizning yagona vatanimiz — Qozog‘iston! Vatanimiz, yerimiz va fuqarolarimiz xavfsizligi va himoyasini ta’minlash umumiy muqaddas burchimizdir”, — dedi To‘qayev.
Foto: Akorda

U armiya eng murakkab jangovar topshiriqlarni bajarishga shay bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

“Buning uchun uni yuqori texnologiyali qurollar va yuqori sifatli harbiy texnika, o‘q-dorilar bilan to‘liq taʼminlash prinsipial ahamiyatga ega. Zirhli mashinalar, dronlar, zamonaviy o‘qotar qurollar — bularning barchasini mamlakatimizda ishlab chiqarishimiz mumkin va kerak.
Umuman olganda, harbiy-sanoat majmuasi armiyamizning jangovar qobiliyati uchun ishonchli poydevor bo‘lishi kerak”, — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Shuningdek, siyosatchi harbiy dala oshxonasida askarlar bilan ovqatlanib, ular bilan suhbatlashdi.

Foto: Akorda
Foto: Akorda
Foto: Akorda

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »