Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Shimoliy Yevropaning bir qator davlatlarida Qur’on yoqib yuborilganini qoraladi. Bu haqda Akorda xabar berdi.

Foto: “RBK”

To‘qayev muqaddas kitobni yoqish harakatlarini zamonaviy dunyoda keskinlikni kuchaytirish, xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi ishonchga putur yetkazishga qaratilgan nomaqbul provokatsiya ekanini bildirdi.

Qozog‘iston Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilari qurultoyining tashabbuskori hisoblanadi.

“Mazkur forum anʼanaviy din va konfessiyalarning nufuzli vakillari o‘rtasida samarali muloqot maydoniga aylandi”, — deyiladi xabarda.

Siyosatchining taʼkidlashicha, diniy vandalizm va tegishli davlatlar fuqarolarining masʼuliyatsiz xatti-harakatlari ortayotgani davlatlar va dinlarning sivilizatsiyalashgan umumiy eʼtirof etilgan meʼyorlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlar sifatida bir ovozdan qoralanishi kerak.

Qozog‘iston prezidenti BMT Bosh Assambleyasi mazkur voqealarga izoh berishi kerakligini aytdi.

Qur’onning yoqib yuborilishiga oid so‘nggi ma’lumotlar

O‘z navbatida, Iroq mamlakatdan Shvetsiya elchisini haydagan va yana muqaddas kitob yoqib yuborilsa, diplomatik aloqalarni uzishini bildirgan.

Yanvar oyida Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida Qur‘on yoqib yuborilgandi. Aksiyani ultrao‘ng va islomga qarshi “Qattiq kurs” partiyasining daniyalik-shved faoli Rasmus Paludan boshqargan.

Aprel oyida Shvetsiya maʼmuriy sudi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Qurʼon yoqib yuborilgan namoyishlarga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgan. Sud o‘z qarorida yig‘ilishlar va namoyishlar o‘tkazish erkinligi konstitutsiyaviy himoyalangan huquqlar ekanini keltirgan. 

Iyun oyida iroqlik muhojir Stokgolmdagi bosh masjid yonida Qur’onni yoqib yuborgandi.

20-iyul kuni Shvetsiya politsiyasi Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Qur‘on va Iroq bayrog‘i yoqib yuborilgan norozilik namoyishini o‘tkazishga ruxsat berdi. Shundan so‘ng yuzlab odamlar Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga bostirib kirib, binoga o‘t qo‘ygan. Namoyishchilarni tarqatish uchun Iroq politsiyasi suv purkagichlardan foydalangan.

22-iyul kuni Iroqning Daniyadagi elchixonasi oldida Qur’on yoqib yuborildi. Aksiya ishtirokchilari buni Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga yaqinda uyushtirilgan hujumga norozilik deb baholadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »