Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 1-sentabr kuni o‘z xalqiga an’anaviy murojaatnomasida mamlakatda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazish taklifini bildirdi.

Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar keyinroq aniq muddatlar to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

“Men o‘zimning 2019-yilgi saylovoldi dasturimda o‘ta muhim strategik muammolar bo‘yicha qarorlar referendumlar orqali qabul qilinishini vaʼda bergandim. AES qurish yoki bundan voz kechish — mamlakatimiz kelajagi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ta muhim masaladir. Shuning uchun uni umumxalq referendumiga olib chiqishni taklif qilaman”, — deydi u.

To‘qayev respublikada AES qurishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida turli xil fikrlar mavjudligini taʼkidlagan.

“Bir tomondan dunyodagi eng yirik uran ishlab chiqaruvchi sifatida Qozog‘iston o‘zining shaxsiy atom generatsiyasiga ega bo‘lishi kerak. Baʼzi ekspertlar kichik reaktorli stansiyalar qurish tarafdori ekanligini bildirmoqda. Boshqa tomondan esa ko‘plab fuqarolar va bir qator mutaxassislar atom stansiyalari xavfsizligidan xavotirlanishmoqda. Semipalatinsk yadroviy poligonining fojiali merosini hisobga olsak, bu ham tushunarli”, — deydi prezident.

Qozog‘iston yetakchisi bu borada jamoatchilik muhokamalarini davom ettirish va mazkur masalani keng muhokama qilish zarurligini qayd etgan.

Iyun boshlarida Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi Qirg‘izistonda kichik atom elektr stansiyasini qurish niyatida ekani ma’lum bo‘lgandi. 2022-yilning noyabrida Rusatom Energy Projects va Qirg‘iziston Energetika vazirligi “Atomexpo-2022” ko‘rgazmasi doirasida mamlakatda kichik quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash bo‘yicha texnik topshiriqlarni imzolagan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »