Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Rosatom” O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda “TASS”  xabar berdi.

Foto: Eurasiatoday.ru

Davlat korporatsiyasining kapital qo‘yilmalar, davlat qurilish nazorati va davlat ekspertizasi bo‘yicha direktori Gennadiy Saxarov bu bo‘yicha ma’lumot berdi.

“O‘zbekistonlik hamkorlarimiz birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma tuzishi bilanoq, ‘Rosatom’ loyiha qurilishini imkon qadar tezroq boshlashga tayyor. Bu yaqin kelajakda amalga oshishini kutamiz”, — dedi Saxarov.

Agentlik suhbatdoshi bu O‘zbekistondagi birinchi loyiha bo‘lishini ta’kidladi.

“Biz atom bo‘yicha madaniyati ham, qonunchiligi ham yo‘q mamlakatlarga kirib boramiz. Qolaversa, biz ularning yadroviy infratuzilmasini, qonunchiligini yaratamiz, odamlarni tayyorlaymiz”, — dedi Saxarov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, quvvati 1200 MVt bo‘lgan ikkita blok qurish rejalashtirilgan.

Izoh

Shahriyor

09.06.2023, 10:07

aslida Isroil halqi millatchiligi degan tushunchalar gʻoyalar mavjud emas edi

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »