Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Forbes jurnalida yaqinda chop etilgan maqolada jurnalist Melik Kaylan AQSH prezidenti Jo Baydenning yangi geostrategik tashabbusini tahlil qilib, bu jarayonda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning roliga e’tibor qaratdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Maqolada qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev mintaqada biznes, chegara va savdo ochilishini faollashtirib, Markaziy Osiyo mamlakatlarini integratsiyalash harakatlarida markaziy shaxsga aylandi. O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sharq va g‘arb, shimol va janubni bog‘lovchi yirik transport markaziga aylanishga intilmoqda.

O‘zbekiston kuchli oltin eksporti tufayli COVID-19 pandemiyasi davrida rivojlanishdan to‘xtamagan kam sonli iqtisodiyotlardan biri bo‘ldi. 

Muallif O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ta’kidlab, AQSHni bu jarayonni faollashtirishga chaqirdi.  U, shuningdek, 1974-yilda AQSHda qabul qilingan Jekson-Venik tuzatishi masalasiga ham to‘xtalib, uning bekor qilinishi AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aloqalarini normallashtirishga xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatib o‘tdi. 

Kaylan ta’kidlashicha, Baydenning yangi tashabbusi Hindiston, Saudiya Arabistoni va Yevropa o‘rtasida savdo yo‘lagi yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu AQSHni global geostrategik kurash maydoniga qaytarish yo‘lidagi qadamdir. Ushbu tashabbusning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlariga bog‘liq.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »