Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlari doirasida Shavkat Mirziyoyevning AQSH prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. AQSH prezidenti mamlakat mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hamda Yangi O‘zbekistonda amalda oshirilayotgan va muqarrar tus solgan islohotlar siyosatini qatʼiy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagan.

Shuningdek, AQSHning yetakchi kompaniya va banklari bilan amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surishga to‘xtalib o‘tilgan.

“Ishbilarmonlar bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlar hamda davlatimiz rahbarining AQSHga tashrifidan oldin o‘tgan biznes forumi yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi”, — deyiladi xabarda.

Bundant tashqari, inson huquqlari, gender tenglik sohalarida hamda inson farovonligini taʼminlashning boshqa yo‘nalishlarida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Ayni paytda prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan AQSHda bo‘lib turibdi. Davlat rahbari u yerda yashayotgan va ishlayotgan bir guruh vatandoshlar hamda ushbu mamlakatning yetakchi oliy taʼlim dargohlarida tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »