Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga amaliy tashrif doirasidagi ishbilarmonlik tadbirlari davomida Air Products kompaniyasi boshqaruvi raisi, prezidenti va bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda AQSH davlat kotibining energetika masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jeffri Payett ham ishtirok etdi.

AQSHning yetakchi kompaniyasi bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari, joriy loyihalarning borishi va istiqbolga mo‘ljallangan aniq rejalar ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Air Products tomonidan Uzbekistan GTL’da sanoat gazlarini qayta ishlash, “Navoiyazot” negizida sintez-gaz, kislorod va azot, suyultirilgan karbonat angidrid ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirmoqda.

Keyingi ikki yilda ushbu loyihalarning davomi sifatida kompaniyaning 1 milliard dollardan ziyod to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari jalb qilingan.

Suhbatda ko‘mirni gazlashtirish, texnik gazlar, vodorod va ammoniy ishlab chiqarish hamda achchiq gazlarni utilizatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi. Air Products ekspertlari karbonsizlashtirish sohasida zarur normativ-huquqiy bazani ishlab chiqishda ham qatnashadi.

Bundan tashqari, loyihalar portfelidan oziq-ovqat sanoatiga innovatsion ishlanmalarni joriy qilish o‘rin olgan.

Uchrashuv yakunida Air Products kompaniyasining O‘zbekiston uchun qiymati 10 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yangi investitsiya dasturini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar almashildi.

O‘zbekiston—AQSH ko‘p qirrali hamkorligini kengaytirishga qo‘shgan hissasi va mamlakatimizdagi ortga qaytmas islohotlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun Shavkat Mirziyoyev Air Products boshqaruvi raisi Seyfi Gasemiga shaxsan yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan AQSHda bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »