Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifi doirasida 18-sentabr kuni o‘ziga ajratilgan qarorgohda Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishelni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Ikki tomonlama munosabatlarda bugun g‘oyat yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan. Yevrokengash rahbarining O‘zbekistonga tashrifi, “YI – Markaziy Osiyo” formatidagi sammitlar, O‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha xalqaro konferensiya va iqtisodiy forumlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Yil boshidan buyon O‘zbekistonning YI mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi 35 foizga oshdi, Yevropaning yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, muhim madaniy tadbirlar uyushtirilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuv chog‘ida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tez fursatda qabul qilish, o‘zaro savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kooperatsiyani, shu jumladan uzoq muddatli ikki tomonlama hujjatlarni qabul qilish orqali chuqurlashtirish masalalari muhokama qilingan.

Yevrokengash prezidenti Sharl Mishel Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni ilgari surish, ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda O‘zbekiston rahbari yetakchi rol o‘ynayotganini qayd etgan.

Samarali xalqaro transport yo‘laklarini, xususan, Transkaspiy multimodal marshrutini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat, shu jumladan, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi saʼy-harakatlar yuzasidan ham fikr almashildi. Shuningdek, bo‘lajak ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan AQSHga yetib borgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »