Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahridagi o‘ziga ajratilgan qarorgohda Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, uchrashuvda global iqtisodiy vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashilgan. XVF bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan, 2023-yil iyun oyida Samarqand shahrida o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvda erishilgan kelishuvlardan kelib chiqqan holda yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Fond rahbari O‘zbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturi natijalariga yuqori baho berdi hamda mamlakatimizdagi samarali yangilanishlarni ilgari surishda yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv chog‘ida XVFning O‘zbekiston moliya sohasi barqarorligini kompleks tahlil qilish, iqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda konsalting ko‘magini ko‘rsatish hamda mamlakat idoralari mutaxassislarining salohiyatini oshirish dasturini amalga oshirishdagi ishtirokiga doir masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev AQSHga amaliy tashrifi doirasida 18-sentabr kuni Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda HealthCare, Oppenheimer, Cerberus, CNH va Cintana korporatsiyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Palata raisi Kerolin Lemm davlat rahbariga Amerika biznesining O‘zbekistonga qiziqishi va ishonchi oshishiga xizmat qilayotgan ortga qaytmas islohotlar dasturini amalga oshirishdagi siyosiy yetakchiligi uchun minnatdorlik bildirdi. Keyingi bir necha yilda palata tarkibiga AQSHning yirik kompaniyalari kirgani, ularning umumiy soni 50 taga yetgani taʼkidlandi.

Uchrashuvda AQSH biznesining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi aniq rejalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xarita”larini qabul qilishga kelishib olindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »