Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida “Ozodlik”ning Xitoy Kampiroboddan Farg‘onaga ichimlik suvi yetkazib berishni moliyalashtirmoqchiligi haqidagi ma’lumotiga izoh berdi. 

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar “Kampirobod ilgari Qirg‘izistonga qarashli bo‘lgan”, deya odamlarni chalg‘itmoqchi bo‘lgan.

“Ular to‘g‘rilanmaydi. Yoki egalari ularga kuchli ko‘rsatmalar beradi. Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lishidan ularga qanday foyda borligini bilmayman. Ozodlikning xudbin niyatlari yaqqol ko‘rinib turibdi, ular qirg‘iz va o‘zbeklar o‘rtasida nifoq solishga uringan”, — dedi u.

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston anchadan beri Kampirobodni 100 foiz nazorat qilib kelayotganini alohida ta’kidladi.

“O‘tgan yili chegara va suv ombori masalasini bir vaqtning o‘zida hal qildik. Kelishuvga ko‘ra, hozirda tomonlar resurslarni 50 ga 50 boshqaradi. Biz qirg‘iz tomoni suvning taxminan 10 foizidan foydalanamiz. Qolgani esa 100 yildan beri O‘zbekistonga oqib o‘tmoqda. Yana 100 yil oqadi. Nega biz umumiy boshqarishga qaror qildik? Bu biz uchun katta yutuq. Birinchidan, biz suv sathining 900-gorizontdan oshmasligini nazorat qilamiz. Yerlarimiz suv ostida qolmasligi kerak. Ikkinchidan, sug‘orish davrida to‘g‘onimiz ostida joylashgan qishloqlar uchun yetarli miqdorda suv olishimiz kerak”, — dedi u.

Japarovning taʼkidlashicha, Kampirobod Qirg‘izistondagi 3 ming 101 xonadonni suv bilan taʼminlaydi. Qolgan suv esa O‘zbekistonga tushadi.

“Ariq, quvur, havo — suvning O‘zbekistonga qanday borishining farqi nimada? Biz har bir harakatni tomonlarning kelishuviga binoan amalga oshiramiz. Kelgusida qirg‘iz-o‘zbek do‘stligi mustahkam bo‘ladi. Uni Xudodan boshqa hech kim buzolmaydi. Shunday ekan, Alloh taolodan tinchlik so‘rashimiz kerak. Ozodlik kabi ommaviy axborot vositalarining provokatsiyalariga berilmasligimiz kerak”, — deya xulosa qildi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »