Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionatning o‘zbekistonlik investorlarga ijaraga berilayotgani sababini aytdi.

Foto: AKIpress

Ijtimoiy tarmoqlarning qirg‘iz segmentida pansionatlarning o‘zbekistonlik investorlarga 49 yilga ijaraga berilishi uzoq muddat ekani, bu 5-10 yilni tashkil etishi kerakligi aytilgan.

“To‘rtta pansionat bo‘yicha quyidagilarni aytaman. 2016-yilda Temir Sariyev bosh vazir sifatida ularni tortib oldi, to‘g‘risini aytsam, bu ko‘proq populizmga o‘xshardi. O‘shanda arxiv hujjatlarini o‘rganish va bu obyektlarning kelajagi haqida fikr yuritish kerak edi. Agar shunday harakat bilan xalqaro sudda yutqazib qo‘ymasligimizga kafolatlar bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

O‘sha yili O‘zbekiston tomoni Vashingtondagi xalqaro sudga murojaat qilib, 65 million dollar tovon to‘lashni talab qilgan.

2017-yilda Sapar Isoqov O‘zbekiston tomoniga maktub yo‘llab, muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish va to‘rtta pansionatni O‘zbekiston tomoniga qaytarish masalasini ishlab chiqishni taklif qilgan. Shuningdek, u da’voni qaytarib olishni so‘ragan. Ammo O‘zbekiston tomoni da’volaridan voz kechmadi.

2023-yilning may oyida sud Qirg‘iziston tomoni 40 million dollardan ortiq pul to‘lashi kerak, degan qarorga kelgan. Biz O‘zbekiston tomoni bilan muzokaralar olib bordik va obyektlarni 49 yilga ijaraga berishga, ularni to‘rt-besh yulduzli mehmonxonalar darajasiga ko‘tarishlari bo‘yicha kelishib oldik: ularga belgilangan summani to‘lashga imkonimiz yo‘q”, ta’kidladi prezident. 

Japarovning ta’kidlashicha, ushbu pansionatlar bugungi holati vayronaga aylanganki, ularni omborxona deb atash mumkin. Bu ularni rivojlantirishni talab qiladi.

Yaqin 15-20 yil ichida ularni modernizatsiya qilishga sarmoya kirita olmaymiz, chunki bizda juda ko‘p boshqa muhim kamchiliklar mavjud. Ularni tuzatmagunimizcha, pansionatlar haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

Agar ushbu to‘rtta pansionatni sotsa, ularni hech kim 4 million dollarga olmaydi, 40 million dollar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Mayli, 5-10 yilga ijaraga bersa bo‘lardi, deyish nodonlik, chunki to‘rt-besh yulduzli mehmonxonalar qurish 5-10 yilni oladi.

Shuning uchun hech bir davlat o‘z investitsiyalari o‘rnini to‘ldirish kafolati bo‘lmasa, shuncha ko‘p pul sarflashga rozi bo‘lmaydi”, — dedi siyosatchi.

Foto: Issiqko‘ldagi O‘zbekistonning sobiq “Rohat” pansionati / Courtesy Photo

Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti pansionatlar “Kampirobodga o‘xshab berib yuborilayotgani” haqidagi tanqidlarga munosabat bildirdi.

“Kampirobodni berdilar, deb jar solayotganlarni nodonlar deyish mumkin. Uni hech kimga bermadik, aksincha, oldik. Biz uni teng asosda boshqarish uchun shartnoma tuzdik va 50 foizini o‘zimizga oldik.

Ilgari Kampirobodning 50 metr narisiga ham qo‘yishmasdi, to‘g‘rimi? Har bir qarorimiz uchun hatto 50 yildan keyin ham javob berishga tayyormiz. Bizning ishimiz to‘liq xalq manfaati uchun qilinadi. Shu bois har qanday holatda ham rezonans keltirib chiqarishga intilayotgan ayrim saytlarning ma’lumotlariga e’tibor bermaslikni so‘rayman”, — deya xulosa qildi Sadir Japarov.

O‘zbekistonning Issiqko‘ldagi sobiq pansionatlari

2016-yilda Temir Sariyev boshchiligidagi Qirg‘iziston hukumati Issiqko‘lda O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan to‘rtta pansionat: “Rohat-NBU” (keyinchalik (Altin-Jay deb o‘zgartirildi), “Oltin qum” (keyinchalik Bosteri), “Dilorom” (keyinchalik Ene-say) va Bo‘ston (nomi saqlanib qolgan) pansionatlarini milliylashtirishga qaror qildi.

O‘zbekiston holat yuzasidan AQSHdagi xalqaro arbitrajga da’vo arizasi berdi. Toshkent qirg‘iz tomonini sobiq SSSR davlatlari o‘rtasida Ittifoq parchalanganidan keyin boshqa respublika hududida qolib ketgan obyektlardan foydalanish bo‘yicha 1992-yilda imzolangan kelishuvni buzgan, deb hisoblaydi.

2017-yil dekabrida Sapar Isoqov boshchiligidagi Qirg‘iziston hukumati Bishkek to‘rtta pansionatni O‘zbekistonga berishga qaror qilgani, biroq yerni o‘zida saqlab qolayotgani haqida xabar berdi. Buning evaziga O‘zbekiston pansionatlarga sarmoya kiritishi va xalqaro arbitrajdan da’vosini qaytarib olishi kerak edi. Ammo tomonlar o‘rtasida kelishuv imzolanmagani ma’lum qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »